O’simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi manba kaliyning eaivchi tuzlaridir. O’simlik tomonidan tuganak ildiz va mikroorganizmlar tarkibidagi kaliy ham yaxshi o’zlashtiriladi. Almashinuvchi kationlar va kam eriydigan tuzlar bevosita rezerv vazifasini bajaradi.
Tuproqdagi o’simlik oziqlanishi uchun asosiy bo’lgan harakatchan kaliyning miqdori K2O ning umumiy zaxirasini bor-yo’g’i 0,5—2% ini tashkil qiladi. Demak, kaliyning umumiy miqdorini 99% ga yaqini uning almashinmovchi xili bo’ladi. Lekin ular ham ma’lum miqdorda o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi mumkin.
7.3. KALIYLI XOMASHYO KONLARI. KALIYLI O’G’ITLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING XOSSALARI
Kaliy xlorid (KCI) umumiy ishlab chiqariladigan kaliyli o’g’itlarning 80—90% ini tashkil qiladi. Uning tarkibida 53,7—60,0% K2O bo’ladi, namligi 1% dan oshmaydi. U sochiluvchan, qizg’ish yoki oqish rangli kulrang mavjli kristall inodda.
Kaliy sulfat(K2SO4) — oq rangli mayda kristall kukun (sarg’ish jiloli bo’lishiga ham yo’l qo’yiladi), namligi 1,2% bo’ladi. Tarkibida 46—50% K2O bo’ladi, yopishish xususiyati kuchsiz, zavoddan xaltalarga solib yoki to’g’ridan-to’g’ri transport vositasiga solib tashiladi.
Xlor kaliyli-elektrolit(chiqindili KCl ) sarg’ish jiloli kuchli changga aylanuvchi mayda kristall kukun hisoblanadi K2O miqdori 31,6—45,5% bo’ladi, yopishmaydi (namligi 4% dan ortmaydi), tashishda qog’oz xaltachalarga solinadi yoki shundayicha tashiladi.
Kaliy magneziya(K2SO4 MgSO4). Kulrang va qizg’ish jiloli kuchli changlanadigan kukun yoki aniq shaklga ega bo’Imagan kulrang-qizg’ish granulalar tarzida ishlab chiqariladi. Tarkibida 29% K2O va 9% MgO bo’ladi; namligi 5% dan ziyod ernas, yopishmaydi, shundayligicha transport vositasiga solib yoki qog’oz xaltalarga solib tashiladi. Kaliy sulfat kabi xlorga nisbatan o’ta sezgir bo’lgan ekinlar uchun qo’llaniladi.