Agrokimyo kirish


TUPROQLAR TARKIBIDAGI MIS, BOR VA MARGANESNING MIQDORI VA ULARNING O’ZGARISHI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə58/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

TUPROQLAR TARKIBIDAGI MIS, BOR VA MARGANESNING MIQDORI VA ULARNING O’ZGARISHI

  1. Ya.V. Peyve ma’lumotlariga ko’ra, 1 kg tuproqdagi mikroelementlarning umumiy miqdori quyidagicha : bor—1,5—55 mg, mis—1,5—30,0 mg, rux—2,50—6,50 mg, marganes—100—250 mg, molibden—0,2—7,5 mg, kobalt—0,4 dan 4,0 mg gacha.


  2. Mikroelementlarning tuproqda kam yoki ko’p bo’lishi ham salbiy hol hisoblanadi. Masalan, 1 kg tuproqda bor miqdori — 0,3 mg, marganes 10,0 mg, rux — 1,5—2,0 mg, mis — 2—3 mg, kobalt — 1,5—3,0 mg, molibden 0,20—0,25 mg dan kam bo’lgandagina mikroelementlardan foydalanish tavsiya etiladi.


  3. Tuproq tarkibidagi mikroelementlar miqdorini bir me’yorda ushlab turish uchun dalalarni organik o’g’itlar (go’ng) bilan o’g’itlab turish yaxshi natija beradi. Chunki, go’ng tarkibida deyarli hamma turdagi makro va mikroelementlar mavjud. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, aksariyat ko’p hollarda go’ng solinmay makroolg’itlar katta miqdorda berilib, yuqori hosil olish moMjallangan dalalarda, o’simliklar va tuproqning mikroelementlarga bo’lgan muhtojligi yaqqol seziladi.




  4. Bor (B). Adabiyotlardan ma’lumki, yengil mexanik tarkibli chimpodzol, chim-gleyeli, botqoqlangan tuproqlarda bor juda kam bo’ladi. Tundra tuproqlarining tarkibida 1—2 mg/kg, chim podzol tuproqlarda 2 —5 mg/kg bor uchraydi. Agar noqoratuproq zonada 1 kg tuproqdagi horning miqdori 0,2—0,5 mg dan ko’p bo’lsa, borli mikroo’g’itlar solish tavsiya etilmaydi. Ammo bu ko’rsatkich qora tuproqlar uchun 0,3—0,65 ni, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlari uchun 0,45—2,0 mg/kg ni tashkil etadi. Bori kam bo’lgan bu xil tuproqlarda uni o’g’it sifatida solish har gektar yer hisobiga zig’ir tolasini 2—3 s, qand lavlagisini 45 s ga oshirib, bir yo’la keyingi ekinning ildiz mevasidagi shakarning miqdorini ham 0,3—2,1% ga oshishiga sababchi bo’ladi. Borli o’g’itlar qo’llash natijasida zig’ir va paxtadan gektariga qo’shimcha 2—3 s hosil olish mumkin. Tuproq tarkibida bo’r miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o’simliklarda zaharlanish alomatlari paydo bo’ladi: poyaning pastki qismidagi barglar sarg’ayadi, kuyadi, to’kiladi. Borning serobligi chorva mollari salomatligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.


  5. Misga torfli tuproqlar, Boltiq bo’yining chim-karbonatli tuproqlari, botqoq va botqoqlangan tuproqlari, qum va qumoq tuproqlari juda kambag’al bo’ladi. Nordon tuproqlarni ohaklash o’simliklarga tuproqdan misning kelib tushishini kamaytiradi. Ohak misning adsorbenti sifatida ta’sir etadi hamda ishqorlash yo’li bilan kompleks birikma hosil bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Xuddi shu vaqtda o’simlik misga nisbatan tanqislikni sezadi, tuproqda esa mis miqdorining kamligi kuzatiladi. Noqoratuproq zonada misning miqdori har kg tuproq hisobiga 1,5—3,0 mg dan, qora tuprqlarda 2,0—5,0 mg dan, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlarida 1,5—4,0 mg dan kam bo’lgan hollarda o’simliklarning misga bo’lgan ehtiyoji kuchayadi.



  6. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin