Agrokimyo kirish


Go’ngning kimyoviy tarkibi (% hisobida)



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə71/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

Go’ngning kimyoviy tarkibi (% hisobida)

(10.1.1-jadval)



Go’ngning

tarkibiy qismi



Qora-

mol



Cho’chqa



Qo’y,

echki



Ot



Aralash

go’ng


Torfli

to’shamadagi

go’ng


qoramol


Ot

Suv

77,3

72,3

64,6

71,3

75

77,5

67

Organik
moddalar


20,3

25

31,8

25,4

21

-

-

Umumiy azot

0,45

0,45

0,85

0,58

0,5

0,6

0,8

Ammoniyli azot

0,14

0,2

-

0,19

0,15

0,18

0,28

Fosfor (P2O5)

0,23

0,19

0,23

0,28

0,25

0,22

0,25

Kaliy (K2O)

0,5

0,6

0,67

0,63

0,6

0,48

0,53


  1. Hayvonlarning qattiq va suyuq holatdagi ajratmalarining tarkibi turlicha bo’ladi. Hayvonlarga beriladigan yem-xashagidan go’ng tarkibiga o’rtacha 40% organik modda, 80% fosfor, 50% azot va 95% gacha kaliy o’tadi. Lekin hayvonning yoshiga va ovqatining xilma-xilligiga qarab go’ngga o’tadigan moddalarning ma’lum miqdori o’zgarib turadi. Hayvonlarga yuqori konsentrlangan yem-xashak berilsa, ularda oqsil moddasi shunchalik ko’p bo’ladi. Natijada go’ngning tarkibida azot va fosfor ko’p to’planadi.





Bir kecha-kunduzda har bir hayvondan olinadigan qattiq va suyuq ajratmaning miqdori va sifati

(10.1.2-jadval)



Hayvonlar turi


Bir kecha-kunduzdagi ajratma


Qattiq va suyuq

ajratmalar

nisbati

(kg)


Qattiq ajratma,

(kg)


Suyuq ajratma,

(l)

Qoramol

20-30

10-15

2,0

Ot

15-20

4-6

3,5

Qo’y-echki


1.5-2,5

0,6 -1,0

2,5

Cho’chqa

1,2-2,2

2,5 -4,5

0,5


  1. Bir kecha-kunduzda har bir qoramol va ot tagiga 3 kg, qo’y hamda echkilarga 0,5— 1 kg, cho’chqaga 1—3 kg to’shama solish kerak bo’ladi. Respublikamiz viloyatlarida to’shama sifatiga somon, poxol, qipiq, g’o’zapoya, daraxt barglari, kesilgan qamish va boshqa o’simlik qoldiqlarini ishlatish munikin. To’shama hayvonlarning suyuq chiqindisini shimib olib, ammoniy azotini saqlab qolishga imkon yaratadi.


  2. Mol tagiga sepilgan to’shama go’ngning fizik, fizik-kimyoviy va biologik xossalarini yaxshilaydi. Uni hamma molxonalarda ishlatish niaqsadga muvofiq bo’ladi. To’shama uchun asosan somon va to’rf ko’proq ishlatilsa, ulardan sifatli go’ng olish mumkin bo’ladi.





10.2. SOMONNI O’G’IT SIFATIDA ISHLATILISHI
  1. To’shama qo’llaganda, go’ng eng yuqori sifatli bo’ladi. Somon yoki torf kamchil bo’lgan hollarda yog’och qipig’i ishlatiladi. Lekin bu holda go’ng yomon sifatli bo’ladi, azotning miqdori kam va uning tarkibida sekin parchalanadigan klechatka va ligninning miqdori ko’p bo’ladi. Bunday go’ngni qishloq xo’jaligi ekinini ekishdan ancha oldin solish lozim bo’ladi; u uzoq vaqt davomida kompostlangandan keyin solinsa, yanada yaxshi bo’ladi. Somonni 10—15 sm uzunlikda qilib maydalanganini solish ma’qulroq. Maydalangan somon butun somonga nisbatan ancha ko’p miqdorda siydik va ammiakli azotni yutadi, go’ngni tashishni, uni taxlash va tuproqqa solishni ancha yengillashtiradi.


  2. Somondan o’g’it sifatida samarali foydalanish uchun uni azot, fosfor yoki suyuq go’ng bilan aralashtirib, kuzda haydab tashlash kerak bo’ladi. Somonga aralashtiriladigan azotning miqdori gektariga 40—50 kg yoki uning massasining og’irligiga nisbatan 0,5— 1,3% ni tashkil qilishi kerak. O’g’it solingandan keyin, chizel qilinadi yoki 5—7 sm chuqurlikda ko’mib, 2—3 haftadan keyin, ya’ni somon parchalana boshlangandan keyin haydab tashlanadi. Somonni kuzda haydab tashlashning foydali tomonlari shundan iboratki, chirishi natijasida tarkibidan ajralib chiqadigan o’simliklar uchun zararli bo’lgan fenol birikmalari tuproq tarkibidan yuvilib ketadi. Ilmiy tadqiqot institutlarining ma’lumotlariga qaraganda, texnik va boshqa ekinlarga gektariga aralashtirilgan somondan 5—10 t ishlatilsa, uning samaradorligi oddiy go’ngnikidan qolishmas ekan. Somonni dukkakli o’simliklar ekiladigan tuproqlarda haydab tashlash maqsadga muvofiq bo’ladi.






Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin