Agrokimyo kirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə69/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

Mochevina fosfatlari. Mochevina fosfat (issiq) termik fosfat kislotani sintetik mochevina bilan ta’sirlanishi natijasida hosil bo’ladi. Uni ishlab chiqarish mochevinani fosfat kislota bilan kompleks birikma hosil qilishiga asoslangan. Qo’shimcha ravishda ammiak kiritish va kaliy xlorid qo’shish mumkin. O’g’it tarkibida 36% gacha N, 48% gacha P2O5 yoki 24% gacha N va P2O5 bo’lishi mumkin.


  • Fosfor amidlari — yuqori darajada konsentratlangan o’g’itlarda azot va fosforning umumiy miqdori 120—147% gacha yetib boradi, bu miqdor ammofoska va diammofoskalarga qaraganda deyarli ikki marta ziyod miqdorni tashkil qiladi.


  • Fosfonitrilamid. Tarkibida 93% P2O5 va 44% N bo’lib, samaradorligi ammoniy nitrat va monoammoniyfosfatnikiga yaqin bo’ladi.


  • Superfoska. Naviga qarab o’zida 11—16% gacha, konsentratlangan superfoska esa 18—27% gacha o’zlashtiriladigan fosfat kislota tutadi, 1-navda kaliyning miqdori 12—21% bo’lsa, 2-navda 23—33% b oiadi. Erkin kislota miqdori 5% dan ortmaydi, bu o’gitlarning namligi 13— 14% bo’ladi. Ularni kukun tarzida ishlab chiqariladi.



    9.2. SUYUQ O’G’ITLAR
    1. Suyuq kompleks o’g’itlar (SKO’) ga tarkibida ikki yoki uch xil birinchi darajali oziqa element (N, P, K) lar, ikkinchi darajali oziqa elementlari (Ca, Mg, S) va niikroelement (Fe, Mn, B, Cu, Mo, Co) lar bo’lgan eritmalar kiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qattiq va suyuq kompleks o’g’itlarning o’simlikka ta’siri deyarli bir xil bo’ladi.





    9.3. ARALASH O’G’ITLAR
    1. Ammiakli selitrani superfosfat bilan aralashtirganda, nitrat kislota yoki azot oksidining bug’lari ajralib chiqishi mumkin.


    2. Ishqoriy reaksiyali va tarkibida erkin kalsiy oksidga ega bo’lgan kalsiy karbonat va bikorbonatlarni ammoniyli selitra yoki ammoniy sulfatga aralashtirish mumkin emas, shuningdek ammoniy fosfatni va uning polifosfatlarini ammiak holatida yo’qotish mumkin bo’lganligi sababli o’zaro aralashtirib bo’lmaydi.


    3. Neytrallovchi qo’shimchalar (dolomit, suyak yoki fosforit uni) ni hamda ammoniylangan superfosfatni qo’shish nitrat kislota hosil boiishini, monokalsiyfosfatni dikalsiyfosfatga aylanishining oldini oladi, o’g’itning fizikaviy xossalarini yaxshilaydi.


    4. Superfosfatni to’liq neytrallash yoki uning tarkibidagi erkin P2O5 va nanilikni (oddiy superfosfatda 4% gacha, qo’sh superfosfatda 3% gacha) niiqdorini kamaytirishi 1:1:1 nisbatdagi karbamid o’g’itli aralashma olish imkonini beradi.


    5. Ammofosning kaliy xlorid bilan aralashtirilib superfosfatlar va ammoniy sulfatlar bilan neytrallanishi orqali hosil qilingan andozaviy granullangan aralashmasi yaxshi fizik xossalarga ega bo’ladi, gigroskopikligi kuchsiz bo’lishi esa ularni uzoq muddat omborlarda saqlash imkonini beradi.


    6. Quyida o’g’itlarning aralashtirish mumkin yoki yo’qligini ifodalovchi diagramma keltirilgan:


    Ammoniy selitra 1 0


    Karbamid 2 1 1
    Ammoniy sulfat 3 1 1 2
    Neytrallangan superfosfat
    (oddiy va qo’sh) 4 1 1 2 2
    Presipitat 5 1 1 2 2 2
    Fosforit uni 6 0 1 0 0 0 2
    Metalllurgiya shlaklari 7 1 1 2 2 2 2 0
    Ammofos 8 1 1 1 1 1 1 1 1
    Kaliy xlorid 9 1 1 2 2 2 2 2 2 2
    Kaliy sulfat 10 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
    Shartli belgilar: 0 — aralashmaning xossalari ancha yomonlashadi; 1 — aralashmalami uzoq muddatda saqlab bo’lmaydi; 2— oldindan aralashtirib bo’lmaydi.



    Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   123




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin