Ishqorli tuproqlarda marganes va rax yetarli bo’lmaydi. Shuning uchun ishqorli tuproqlarda marganes va rux qo’llash yuqori samara beradi.
Bor elementining yetishmasligi natijasida fotosintez jarayonining
me’yorida o’tishi buziladi. Shuning uchun bor yetishmasa zig’irda
tolaning sifati yomonlashadi, ildizmevalarda hosildorlik pasayadi.
Molibden yetishmasligi dukkakli don ekinlarida tuganak bakteriyalar
faoliyatini pasaytiradi.
Dukkakli o’tlar azotni, fosforni qo’ng’irboshsimonlarga nisbatan
ko’p o’zlashtiradi. Kungaboqar, tuganakmevalar, ildizmevalar kaliyni
ko’proq o’zlashtiradi.
Tuproqdagi fosforning miqdori ekinlarning fosforni o’zlashtirishiga ta’sirqilmaydi. Kaliy miqdori tuproqda ko’p bo’lsa o’simliklar
uni ko’proq o’zlashtiradi.
Azot tuproqdan o’rtacha 10 %, go’ngdan 25—30 %, o’g’itdan
50—80 % o’zlashtiriladi. Azotning qolgan qismi
tuproqda nitrat shaklida to’planadi, suv bilan yuviladi, tuproq singdi- ruvchi kompleksiga birikadi. O’g’it tarkibidagi azotning bir qismi sa- marasiz yo’qoladi.
Havo haroratining yuqori bo’lishi, sug’orishlar azotning samarasiz
yo’qolishini kuchaytiradi.
Fosfor va kaliyning o’simlik tomonidan o’zlashtirilishi tuproq muhiti-ga, nam bilan ta’minlanganlikka bog’liq.
Fosfor va kaliyni o’zlashtirish koeffitsienti o’simlikning azot bilan
ta’minlanishiga bevosita bog’liq.
Tuproq muhiti neytral, suv ta’minoti yaxshi, biologik simbioz faol
o’tadigan sharoitda dukkakli o’simliklar fosfor va kaliyni tuproqdan
o’zlashtirishi kuchayadi. Misol uchun beda tuproqdan 24 % fosfor,
27 % kaliy, ma’dan o’g’itdan esa 43 % fosfor, 75 % kaliyni o’zlashtiradi.
Fosforli o’g’itlar egat tubiga solinib ko’milganda sayoz solinganda-giga nisbatan besh baravar to’laroq o’zlashtirilib uning o’simlik tarkibi-dagi miqdori sayoz solingandagiga nisbatan 1,5 baravar ko’p bo’lgan.
Fosfor tuproqda deyarli harakat qilmaydi, ko’chib yurmaydi. Fosfor
tuproqning singdiruvchi komleksiga (TSK) tez adsorbsiyalanadi va suv tuproqda yetarli bo’lganda, kam 1,0—4 sm kenglikda tarqalishi
mumkin.
Tuproq yuzasiga solingan fosforli o’g’itlar o’simlik tomonidan deyarli
o’zlashtirilmaydi.
Kaliy fosforga nisbatan ancha harakatchan. Tuproqning namligi
kam, harorat yuqori bo’lganda kaliyning harakatchanligi keskin
kamayadi.
Kaliyli o’g’itlar tuproq yuzasiga solinganda, namlik yetarli bo’lganda
4—6 sm chuqurlikkacha harakat qiladi, tuproq yuzasi quruq bo’lsa,
yog’ingarchiliklar bo’lmasa kaliy tuproq yuzasida qoladi. Shuning uchunkaliyli o’g’itlar asosiy o’g’itlar sifatida yerni haydashdan oldin solinadi. O’simliklar uni butun o’suv davrida o’zlashtiradi.
Fosforli va kaliyli o’g’itlar ko’p yillik o’tlarga yerni haydash
oldidan solinadi.
Qo’ng’irboshsimon donli ekinlar dastlabki rivojlanish fazalarida fosforga juda talabchan bo’ladi. Shuning uchun bu usulda fosforli o’g’itlarni
qo’llashning ahamiyati katta. Bu davrda o’simlik kam fosfor
o’zlashtirishiga qaramasdan uning yetishmasligi o’simlikning
rivojlanishiga, hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’simlik
rivojlanishining keyingi davrlarida fosfor bilan ekin yetarli ta’minlansa-da, uning dastlabki rivojlanish davridagi fosfor yetishmasligining salbiy ta’sirini yo’qota olmaydi. Ayniqsa, mayda urug’li ekinlar dastlabki
rivojlanish davrida fosfoming yetishmasligidan kuchli zararlanadi.
1 tonna makkajo’xori 14 kg azot, 2,5 kg fosfor, 3,5 kg kaliy, 1,5 kg oltingugurtni tuproqdan o’zi bilan birga olib ketadi.
O’simlik to’qimalarining hosil bo’lishi, uning o’sishi va rivojlanishida 70 dan ortiq kimyoviy element ishtirok etadi. Ulardan eng asosiysi uglerod, kislorod va vodorod bo’lib, o’simlik quruq massasining 90 % ni tashkil etadi; 8—9% o’simlik massasini esa azot fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, natriy, kalsiy tashkil etadi. Bu o’nta element makro-elementlar deyiladi. Qolgan 1—2 % i bor, temir, mis, marganes, rux, molibden, kobalt va boshqalardan iboratdir. Bular o’simliklarga juda kam miqdorda (0,001—0,0001%) kerak bo’ladi. Shuning uchun ularni mikroelementlar deyiladi.
Mikroo’g’itlar har 1 ga yerga 1 kg gacha solinadi.
Bakterial o’g’itlar tarkibida tuproqda o’simlik o’zlashtira oladigan oziqa elementlarini to’plovchi mikroorganizmlar ushlaydi. Masalan, tuganak bakteriyalari nitrogenaza fermenti atmosfera azotini birikma holga o’tkazib to’playdi yoki organik birikmalarni parchalovchi fosfobakteriyalar organik birikmalar tarkibidagi fosforni o’simlik o’zlashtira oladigan holatga keltiradi.
Tuproqda sistemali ravishda (NH4)2SO4 va NH4C1 kabi o’g’itlar solinsa, tuproq reaksiyasini kislotali qilib qo’yadi. Chunki o’simlik kationlarni o’zlashtiradi, natijada uning o’rniga vodorod ionlari ko’paydi (tuproq tarkibidagi suv hisobiga) va tuproqda erkin kislotalar (xlorid va sulfat kislotalari) to’planadi. Tuproqning pH i o’zgaradi.
Aksincha NaNO3 kabi o’g’itlar ko’p solinsa, tuproqda OH- ionlari to’planadi. Tuproq reaksiyasi ishqoriy bo’lib qoladi.
Shuning uchun ham o’g’itlarga faqat kimyoviy jihatdangina tavsif berish yetarli emas. Ular fiziologik xossalari bilan ham ya’ni kation va anionlar bir xil darajada foydalanmasliklari bilan ham farq qilishi kerak. Mana shu belgilariga qarab o’g’itlar fiziologik kislotali, fiziologik ishqoriy va fiziologik neytral o’g’itlarga bo’linadi. Keyingisi tuproq reaksiyasini o’zgartirmaydi.
Tuproqning ichki qavatidagi oziq moddalarni yomg’ir va sug’orish suvlarida yuvilib ketmasligi uchun uzoq muddatda, sekin-asta ta’sir etuvchi fosfatli o’g’itlardan — superfos, azotli o’g’itlardan-ureoform yoki mochivi-noformaldegidli o’g’itlar (MFO’), shuningdek, mochivinoformaldegidli birikmalar hamda ammofos asosidagi polimer o’g’itlar sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlanadi:
Ammoniy polifosfat — (NH4)nH2PnO3n+l
Karbamid polifosfat - [CO(NH4)2HPO3]
Kaliy polifosfat - (KPO3)n
Kalsiy polifosfat - Ca(PO3)n
va boshqa fosfatlar olish istiqbollidir.
Azot yetishmagan yerdagi ekinlar bargi och-yashil rang, ba’zi ekinlarda (turp, karam, makkajo’xori) sariq-qizil dog’lar, barglari juda kichik, yupqa, gullari nimjon, shoxlari mayda, mevasi muddatidan oldin pishib, kichik-kichik bo’lib, barglari tushib ketadi.
Azotli o’g’itlar bilan oziqlantirish natijasida yuqoridagi kamchiliklar yo’qoladi.
Azotli o’g’itlar suvda yaxshi eruvchi bo’lib, ularni o’simliklar oson o’zlashtiradi. Ayniqsa, NO ionidagi azot o’simlik tomonidan tez va oson o’zlashtiriladi. Agar ortiqcha ishlatilsa, Na+, K+, Ca2+ - ionlari yerning ishqoriyligini oshiradi. Shuning uchun, ular bilan birga yerlarga organic o’g’itlar berilishi maqsadga muvofiqdir.
O’simlik karbamid azotini oson o’zlashtiradi. U NH4NO3 ga nisbatan tarkibida azotning ko’pligi, portlamasligi, kam gigroskopikligi, tuproqdan tez yuvilib ketmasligi, qop-qanorsiz tashish mumkinligi bilan ham ustun turadi.
Tuproqda gumus qancha ko’p bo’lsa, unda shuncha ko’p miqdorda organik fosfor (5-jadval) mavjud bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |