Arid o’lkalarda, ayniqsa, karbonatlarga boy bo’lgan tuproqlarda fosfatlar deyarli harakatsiz, ya’ni tuproqqa tushgan PO tezda fiksatsiyalanadi (Fosfatlarning harakatchanligini kamayishiga fiksatsiya jarayoni deyiladi. ) va o’z joyida qoladi.
O’simlik o’zlashtira oladigan fosforning tuproqdagi miqdori aynan shu yerdagi almashinuvchi kaliy bilan ham bog’liq bo’ladi.
Qo’sh superfosfat — tarkibi Ca(H2PO4)2 bo’lgan konsentrlangan fosforli o’g’it. Oddiy superfosfatga nisbatan taqqoslanganda tarkibida ballast — CaSO4 yo’qligi jihatdan afzal.
Fosforit uni eng arzon fosforli o’g’it bo’lib, ammo u faqat kislotali tuproqlardagina ishlatilishi mumkin bo’lgan, sekin ta’sir qiluvchi o’g’itdir.
Oddiy superfosfat kulrang donador kristallar bo’lib, suvda yaxshi eriydi, ammo tarkibida 50% dan ko’proq keraksiz begona qo’shimchalar tutadi.
Superfos 37—38 % P2O5 saqlaydi, shundan yarimidan ko’prig’i suvda eruvchi va tez ta’sir qiluvchi shaklda bo’lsa, yarimidan ozrog’i sekin ta’sir qiluvchidir.
Pretsipitat (nemischa prazi pitierung so’zidan olingan bo’lib, cho’kish ma’nosini anglatadi) tarkibida 41,25 % P2O5 saqlaydi. Bu suvda yomon eriydi.
tarkibida uchta ozuqa elementi saqlovchi (azot, fosfor va kaliy) nitrofosk yoki nitroammofosk deb ataluvchi murakkab o’g’it olinadi. Uning tarkibida
N-11-12 %; P2O5 -10-11%; K2O-11-12 %.
Sanoatda ko’p xil nitrofosklar ishlab chiqariladi, ammo ularning barcha navlarida P2O5 ning bir qismi suvda erimaydigan CaHPO4 shaklida bo’ladi.
Azofoskning tarkibida ko’p miqdorda suvda eruvchi P2O5 saqlovchi fosfor birikmalari bo’ladi.
O’simlik o’zlashtira oladigan fosforning tuproqdagi miqdori aynan shu yerdagi almashinuvchi kaliy bilan ham bog’liq bo’ladi. Chuqurlik oshgan sayin almashinadigan kaliy miqdori kamayadi.
Shunisi qiziqki, kaliyga to’yingan tuproq endi ammoniyni singdirmaydi, ya’ni fiksatsiyalamaydi (Fosfatlarning harakatchanligini kamayishiga fiksatsiya jarayoni deyiladi.).
Mikroo’g’itlar har erga solinadigan normasi 0,1—3 kg atrofida bo’ladi. Ular fermentlar aktivligini oshirish orqali, uglevodorodlar almashinuviga ta’sir o’tkazadi, fotosintez jarayonida nurni o’zlashtirishni kuchaytiradi, oqsil sintezini tezlatadi. Ayrim mikro-elementlar o’simliklarning ba’zi foydali xossalarini kuchaytiradi. Masalan, qurg’oqchilikka, sovuqqa chidamliligini oshiradi, urug’ning rivojlanishini va pishishini tezlashtiradi, kasalliklarga chidamliligini oshiradi va hokazo.
Borning yetishmasligi bahorgi bug’doy, kanop va qand lavlagini kasalliklarga chidamliligini kamaytiradi, marganes yetishmasligi fotosintez jadalligini kamaytiradi, molibden yetishmasligi barglarda nitratlarning to’planishiga va hosilida oqsilning kamayishiga, temirning yetishmasligi esa barglar xloroziga sabab bo’ladi.
Biroq mikroelementlarning ko’pi ham o’simlik va hayvonlarga zaharli ta’sir etadi. Ayniqsa, ko’pgina og’ir metallar (masalan, qo’rg’oshin va simob) zaharli ta’sir etadi.
Mikroo’g’itlar ekishdan oldin tuproqqa solish yoki o’simlikka changlantirish (sepish) va purkash hamda urug’larga ishlov berish yo’li bilan ishlatiladi.
Eng konsentratlangan borli o’g’it borat kislotasi -H3BO3 dir. Uni urug’larga sepganda talk bilan aralashtiriladi (14— 16 % gacha H3BO3 saqlovchi aralashmasi ishlatiladi), oddiy, qo’sh superfosfat hamda nitroammofosk va boshqalarga qo’shiladi.
Kul tarkibida ham (1kg kulda 200—700 mg gacha) bor uchraydi. Shuning uchun borli o’g’it sifatida kul ham ishlatiladi.
Konsentrlangan misli o’g’it sifatida mis kuparosi, CuSO4∙5H20 (tarkibida 23,4—24 % gacha Cu saqlaydi) qo’llaniladi. U ham sof holda, ham boshqa o’g’itlarga qo’shib ishlatiladi.
V markali ammofos (0,3—0,5 % Cu saqlaydi) ishlab chiqariladi.
Ruxli o’g’it sifatida ZnSO4∙5H20 (21,8-22,5 % Zn saqlaydi) hamda ruxli belila ishlab chiqarish korxonalarining chiqindisidan olinadigan PMU-7 markali (polimernoye mednoye udobreniya) so’zlarining bosh harflaridan olingan, tarkibida 25 % gacha Zn saqlaydi) o’g’itlar ishlatiladi. PMU-7 tarkibida Mn va boshqa mikroelementlar ham uchraydi. Ruxli o’g’itlarni 1,4 % gacha atmosferaga, 1,5—1,7% gacha karbamidga qo’shib ishlatilganda yaxshi foyda beradi.
Agar fosfor yetishmasa ekinlarning xlorofil hosil qilishi CO2 ni o’zlashtirishi qiyinlashadi. Fosfor yetishmasligi sababli ekinlarda to’q-yashil rang ko’kimtir rangga o’tib, xiralashib, qovjiratuvchi qora dog’lar paydo bo’ladi, gullash va yetilish jarayoni kechikadi, o’sishi sekinlashib, tana ingichkalashadi.
Kartoshka, lavlagi, kungaboqar, beda, kanop, tamaki ekinlari kaliy elementiga kuchli ehtiyoj sezsalar, suli, bug’doy va arpa kaliyga kamtalab ekinlardir, yetishmayotgan kaliyning ko’p miqdori hayvonlar, qushlar, chiqindilari bilan qoplansa, bu yetarli emas.
Molеkulyar holdagi azot asosan atmosfеrada azot tuproq gumuslarida va tirik organizimlar tarkibida tarqalgan.
O’simliklar azotni tuproqqa asosan o’simlik barglari va boshqa qoldiqlar shaklida qaytaradi, ya’ni organik azot shaklida. Tuproq azoti asosan gumus shaklida bo’ladi. O’simlik gumusni o’zlashtira olmaydi. Agar gumusni o’zlashtira olganda edi, azot o’simliklarga uzoq yillargacha yеtarli bo’lar edi.
Dostları ilə paylaş: |