Agrokimyo va agrotuproqshunoslik


I.BOB. Adabiyotlar sharhi



Yüklə 154,13 Kb.
səhifə2/15
tarix15.06.2022
ölçüsü154,13 Kb.
#61512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Jumanov Firuz

I.BOB. Adabiyotlar sharhi

O`simliklarning oziqlanishi ikki shakldan iborat bo`lib, havodan va tuproqdan oziqlanish jarayonlarini o`z ichiga oladi. Bu ikki jarayon-fotosintez va mineral elementlarni tuproqdan yutish bilan birgalikda o`simliklarning avtotroflik xususiyatlarini belgilaydi. Mana shu uzviy bog`liqlik natijasida o`simliklarning organik asosga ega to`qimalari, organlari va umumiy tanasi hosil bo`ladi. Ularning o`sishi va rivojlanishini to`la ta`minlash uchun tuproqdan juda ko`p mineral elementlar yutiladi. Shuning uchun ham bunga o`simliklarning ildiz orqali oziqlanishi deyiladi.


O'simliklarning ildiz orqali oziqlanishida tuproq xususiyatlari va unumdorligi, ayniqsa tuproqning suv o'tkazuvchanlik , havo o'tkazuvchanlik xossalari, tarkibidagi organik moddalar va o'simliklar uchun muhim oziq elementlarni to'plash qobiliyati katta ahamiyatga ega.
O’g’itlar tuproq unumdorligini ko’tarishda, hosilni oshirishda juda kuchli omil hisoblanadi. Chunki o’g’itlar yordamida, eng avvalo, tuproq gumus, azot va boshqa kul elementlar bilan boyiydi. Buning natijasida qishloq xo’jalik ekinlari hosili ko’payib, sifati yaxshilanib boradi. Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi (ba’zi hollarda 60—70% i) mineral o’g’itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o’g’it qo’llash bilan bog’liq sarf – xarajat hosil bilan kamida 2—3 barobar bo’lib qaytadi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga 145 kg, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 23 kg mineral o’g’it to’g’ri keladi. O’zbekistonda azotli o’g’it unga bo’lgan talabga ko’ra 70%, fosforli o’g’it 40% ishlab chiqiladi, kaliyli o’g’itlar esa xomashyo yo’qligi sababli umuman tayyorlanmaydi.
Yashil o’simliklarning oziqlanishi bir paytning o’zida ikki sferada sodir bo’ladi. Ularning ildizlari bilan tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni olsa, poya va barglari yordamida atmosferadan CO2 gazini o’zlashtiradi. O’simliklarda bir butun oziqlanish jarayonining ikki tomoni bo’lgan havodan oziqlanish (fotosintez) va ildizdan (mineral) oziqlanish farqlanadi.

Yüklə 154,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin