Agrokimyo va agrotuproqshunoslik


O’SIMLIKLARNING HAVODAN OZIQLANISHI



Yüklə 154,13 Kb.
səhifə3/15
tarix15.06.2022
ölçüsü154,13 Kb.
#61512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Jumanov Firuz

1.1 O’SIMLIKLARNING HAVODAN OZIQLANISHI

J. Pristli (1771) o’sitmliklar nafas olish binobarida ifloslangan havoni tozalashini, Ya. Ingengauz (1779) bujarayon faqat yorug’lik ishtirokida sodir bo’lishini isbotladi. J. Senebe va T. Sossyurlar tomonidan yashil o’simliklar karbonat angidrid gazi va suvdan organik modda hosil qilish va bunda havoga erkin kislorod ajralib chiqishini ko’rsatib berdi.


O’simliklarning yashash sharoitini yaxshilash orqali fotosintez jarayonida hosil bo’ladigan mahsulotlar miqdori va tarkibini boshqarish mumkin. Barg tarkibidagi azot va magniyning 75, temirning 80, ruxning 70, kalsiyning 60, kaliy va misning 50% i xloroplastlar tanasida jamlanadi. Bu raqamlar mazkur elementlarning fotosintezida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Bir kg barg tarkibida 1—3 g atrofida xlorofill bo’ladi yoki boshqacha aytganda, har 25 sim2 barg yuzasiga 1 mg xlorofill to’g’ri keladi. Bitta bargdagi xlorofill donalarining umumiy yuzasi shu barg plastinkasi yuzasidan qariyib 200 marta kattadir. Yoz faslida bir mg xlorofill bir soat davomida 5 mg karbonat angidridni assimilyatsiyalashda ishtirok etadi. Atmosfera havosidagi karbonat angidrid 0,03% dan 0,01% ga tushib qolsa, fotosintez to’xtaydi. Karbonat angidrid miqdori 30 marta va undan harn ko’proq oshirilsa (sun’iy sharoitlarda), fotosintezning samarasi harn shunga mos ravishda ortib boradi. Barg 12 mol karbonat angidridni o’zlashtirib, 112 kkal energiya to’playdi. Birga maydondagi kartoshka yoki qand lavlagi bir kecha kunduz 1 t ga yaqin karbonat angidridni o’zlashtirib, 500 kg ga yaqin organik moddalarni sintezlaydi.
O’simliklar bargi orqali atmosferadan kamroq oltingugurtni shuningdek, ildizdan tashqari oziqlantirishda azot, fosfor va ayrim mikroelementlarni o’zlashtirishi mumkin. Lekin tabiiy sharoitda barglar orqali uglerod o’zlashtirilsa suv, azot va boshqa moddalarning asosiy qismi ildiz orqali yutiladi.


1.2 O’SIMLIKLARNING ILDIZDAN OZIQLANISHI
O’simliklarning ildizdan oziqlanishi mineral oziqlanish deb ham yuritiladi. Bu tushuncha bir─biri bilan uzviy bogiangan quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi.O’simliklarning ildiz tizimi tuproqning o’zlashtirishga layoqatli oziq moddalar zaxirasi to’plangan qatlamda rivojlanib (xemotropizm), o’z nordon ajratmalari bilan tuproq qattiq fazasiga ta’sir qiladi, singdirish kompleksi, TSK) tomonidan almashinib singdirilgan oziqa ionlarini eritmaga siqib chiqaradi va suvda qiyin eriydigan birikmalarni qisman eritadi. Ildiz yuzasidagi bir qator fermentlar tuproqning mineral va organik moddalarini parchalash (gidroliz) da ishtirok etadi.
Ildiz tizimining faol yuzasi bilan muloqotda bo’ladigan tuproq eritmasi tarkibidagi ayrim tuzlar diffuziya yo’li bilan yutiladi.
Diffuziya va ionlarning almashinuvchan adsorbsiyasi natijasida hujayra qobig’i harmda protoplazma membranasiga surilgan tuzlar ildiz tukchalari tomonidan yutiladi. Singdirilgan ionlar protoplazma ichida akkumulatsiyalanadi va ildizda ketadigan sintezlanish jarayonlarida ishtirok etadi.
Barg va ildizda sintezlanadigan organik moddalar o’zaro almashinadi. Ildiz orqali yutilgan mineral moddalar ksilema bo’ylab o’simlikning yer usti qismiga qarab harakatlanadi va bunda mineral hamda organik moddalarning bir qismi tuproqqa ajraladi.
Yutilgan ayrim moddalar qari barglardan yoshil barglarga, vegetativ organlardan reproduktiv organlarga oqib o’tish yo’li bilan o’simlik tanasida qayta o’zlashtiriladi — reutilizatsiya.

Yüklə 154,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin