8. Qishloq xo‘jaligida logistikada servis xizmati ko‘rsatish 8.1. Logistik xizmat ko‘rsatish tushunchasi
«Xaridor bozori» sharoitida, sotuvchi, xaridor talabidan kelib chiqqan holda, o‘z faoliyatini amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Bunda talab tovarga bo‘lgan talab bilan cheklanmaydi. Xaridor ushbu tovarni yetkazib berish jarayonida unga ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi va sifati bo‘yicha ham o‘z talablarini ilgari suradi. Xizmat, atamasining asl ma'nosi, biror-bir kimsaga foyda keltiruvchi yoki yordam
beruvchi hatti-harakatlarni anglatadi. Birovlar ehtiyojlarini qondirish, ya'ni ularga xizmat ko‘rsatish esa servis deb ataladi. Logistik faoliyat, moddiy oqim iste'molchisiga turli xildagi logistik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatini nazarda tutadi. Logistik servis taqsimot jarayoni bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, tovarni yetkazish jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar majmuidan iboratdir.
Logistik servisning ob'ekti bo‘lib moddiy oqimning turli iste'molchilari xizmat qiladi (-.1 rasm). Logistik servis yetkazib beruvchining o‘zi tomonidan, yoki logistik servisga ixtisoslashgan ekspeditorlik firmasi tomonidan amalga oshiriladi. 8.1-
Rasm. Iste'molchi tizimiga moddiy oqimni kelib chushish variantlari Logistik xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha ishlarni uchta asosiy guruhga bo‘lish
mumkin:
- sotuvdan oldingi, ya'ni logistik servis tizimini shakllantirish bo‘yicha ishlar;
- tovarlar sotish jarayonida amalga oshiriladigan, logistik xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ishlar; - sotuvdan keyingi logistik servis.
Realizatsiya jarayonidan oldingi logistik servis sohasidagi ishlar, asosan, xizmat