Agrologistika


qo‘shiladi. Bu zaxiralarni kamaytirish, buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarilishi hisobiga



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə4/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

qo‘shiladi. Bu zaxiralarni kamaytirish, buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarilishi hisobiga 
xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, uskunalardan foydalanishni yaxshilash 
imkonini beradi.
1.3- 
Rasm. Logistika rivojlanishining uchinchi bosqichi: logistik jarayon 
ishtirokchilarining yig‘indisi umumiylashib bormoqda
Uchinchi bosqich esa hozirgi vaqtga tegishli bo‘lib, u quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- butun jahon iqtisodiyotidagi bozor jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda 
fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;
- material o‘tkazuvchi sub'ektlar yig‘indisi umumiylashib boradi (1.3 rasm)
- moddiy va axborot oqimlarini tezda o‘tishini ta'minlovchi, zamonaviy 
kommunikatsion 
texnologiyalar, 
mahsulot 
harakatining 
barcha 
bosqichlari 
monitoringini amalga oshirishga imkon beradi;
- logistika sohasida xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar
rivojlanadi;
- logistika konsepsiyasi (uning asosiy qoidasi bu integratsiyadir), ta'minot, ishlab
chiqarish va taqsimot zanjirlari ishtirokchilarining ko‘pchiligi tomonidan tan olina boshlaydi.
Таиёр
маодлот
омбоои





2. Agrologistik tizim va modiy oqimlar tushunchasi 
Logistik tizim tushunchasi, logistikaning asosiy (negiz) tushunchalaridan biri
hisoblanadi. Iqtisodiy mexanizmlar faoliyatini ta'minlovchi turli xil tizimlar mavjud. Ushbu
ko‘plikdan aynan logistik tizimlarni, ularni tahlil qilish va yanada takomillashtirish maqsadida,
ajratish lozim.
Logistik tizim xaqida gap yuritishdan oldin, «tizim» tushunchasini ta'riflab o‘tamiz.
Tizim (yunonchadan olingan bo‘lib - qismlardan tashkil topgan bir butun; birlashma ma'nosini
anglatadi) - bu muayyan bir butunlikni paydo qiluvchi, va bir- biri bilan aloqa va
munosabatlarda bo‘luvchi unsurlar ko‘pligidir. +uyidagi 4-ta xususiyatga ega bo‘lgan ob'ektni
bemalol «tizim» deb atashimiz mumkin:
1.
butunlik va alohidalik
2.
o‘zaro aloqa
3.
tashkil etish, tartib
4.
integrativ jihatlar (ya'ni faqat unsurlar birgaligida yuzaga keladigan
xususiyatlar)
Moddiy oqimlar harakati malakali xodimlar tomonidan, turli xil texnika: transport
vositalari, ortish-tushirish uskunalari va boshqalar yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek,
logistik jarayonga turli bino va inshootlar ham jalb etilgan bo‘ladi. Jarayonning kechishi esa
harakatlanayotgan va yig‘ilayotgan yuklarning, ushbu jarayonga tayyorgarlik darajasiga ham
bog‘liq. Yuklar o‘tishini ta'minlovchi ishlab chiqarish kuchlarining yig‘indisi, yaxshimi
yomonmi, ammo tashkil etilgan. Umuman olganda, biror-bir moddiy oqimlar mavjud bo‘lsa,
qandaydir tovar o‘tkazuvchi tizim ham mavjud bo‘ladi. Odatda, bunday tizimlar maxsus
loyihalanmasdan, ayrim unsurlarning (turli korxonalar yoki ularning bo‘limlari) faoliyati
natijasida yuzaga keladilar.
Logistika, bir-biri bilan kelishilgan material o‘tkazuvchi (logistik) tizimlarni
loyihalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Ushbu tizimlardan chiquvchi moddiy oqimlar
parametrlari oldindan berilgan bo‘ladi. Bu tizimlar, ularga kiruvchi ishlab chiqarish
kuchlarining yuqori darajada kelishilganligi bilan, boshqalardan farq qiladilar.
Yuqorida aytib o‘tilgan tizimning 4-ta xususiyatini, logistik tizimga nisbatan ko‘rib
chiqamiz:

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin