ma'lum tarzda tartiblashtirilgan bo‘ladi, bu esa logistik tizim tashkil etilganidan dalolat
beradi.
To ‘rtinchi xususiyat(integrativ jihatlar): logistik tizim, uning biror-bir unsuri
ham alohida ravishda ega bo‘lmagan jihatlarga (xususiyatlarga) ega. Bu zarur bo‘lgan tovarni, zarur vaqtda, zarur joyga, lozim bo‘lgan sifatda va minimal xarajatlar bilan yetkazish qobiliyati, hamda tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga (talabning o‘zgarishi, texnik vositalarning ishdan chiqishi va h.) moslashish qobiliyatidir. Logistik tizimning integrativ jihatlari, unga materiallarni xarid qilish, uni o‘z ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘tkazish hamda tashqi muhitga chiqarish imkonini beradi, va shu bilan birga oldindan belgilangan maqsadlarga ham erishiladi. Paydo bo‘lgan talabga, mahsulotni tezda yetkazib berish bilan javob beradigan logistik tizim, ishlab chiqarish korxonasi hududidan to mamlakat hududigacha va undan ham katta bo‘lishi mumkin. U tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashib, ko‘nikib, ularga tezda javob qaytarishi mumkin. Logistik tizimga berilgan umumiy ta'rif quyidagicha: logistik tizim-u yoki bu
logistik funksiyalarni bajaruvchi, teskari aloqaga ega bo‘lgan, tashqi muhit sharoitlariga yaxshi moslashuvchan tizimdir. U odatda bir necha tizimchalardan tashkil topgan, va tashqi muhit bilan mustahkam aloqalarga ega bo‘ladi. Logistik tizim sifatida sanoat korxonasi, qishloq xo‘jalik korxonasi, hududiy ishlab chiqarish majmuasi, savdo korxonasi va boshqalar ko‘rilishi mumkin. Logistik tizimning maqsadi - bu xarajatlarning berilgan chegarasida, tovar va buyumlarni belgilangan joyga, zarur bo‘lgan miqdorda va assortimentda, hamda mumkin bo‘lgan maksimal darajada ishlab