imkoniyatini ta'minlashi lozim.
3.2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik konsepsiyalari
Ishlab chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlarni o‘z
ichiga oladi:
- ortiqcha zaxiralardan voz kechish;
- asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish
uchun ortiqcha vaqtdan voz
kechish;
- iste'molchi buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan voz kechish;
- uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish;
- sifatsiz mahsulotlarni yo‘q qilish;
- xo‘jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo‘q qilish;
- yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish.
Logistikadan farqli o‘laroq ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi
quyidagilardan iborat:
-mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab chiqarish;
-«har extimolga qarshi» moddiy resurslarning maksimal katta zaxirasiga ega bo‘lish.
Konseptual hollarning mazmuni
shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishni tashkil
etishning an'anaviy konsepsiyasi «sotuvchi bozori» sharoitlari uchun eng qulay bo‘lsa, logistik
konsepsiya «xaridor bozori» sharoitlari uchun eng qulaydir.
Talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki,
bozor
konyukturasini hisobga olib ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq sotiladi. Shuning uchun asosiy
ishlab chiqarish fondlari maksimal yuklash ustuvorlikga ega bo‘ladi. Shu bilan birga ishlab
chiqarilgan partiya qancha yirik bo‘lsa mahsulot birligining tannarxi shuncha kam bo‘ladi.
Mahsulotni sotish birinchi darajali muammo bo‘lmaydi.
Bozorga iste'molchi «diktaturasi» kelishi bilan vaziyat o‘zgaradi. Raqobat sharoitida
ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi.
Bozor talabini muntazam
emasligi va oldindan bilib bo‘lmasligi sharoitida katta zaxiralar yaratish va saqlash maqsadga
muvofiq emasdir. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi bitta buyurtmani ham qo‘yib
yubormaydi. Bundan, paydo bo‘lgan talabga tez javob qaytara oladigan,
egiluvchan ishlab
chiqarish quvvatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: