111
XUSAYNE
MUSKATNIY
navi.
Akademik M.Mirzaev
nomli
bog„dorchilik,
uzumchilik
va
vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida
yaratilgan. 2014 yildan Respublika
bo„yicha Davlat reestriga kiritilgan.
YAngi, o„rta
muddatlarda pishadigan
xo„raki mayizbop nav. Avgust oxiri va
oktyabr boshida pishadi. Uzum boshi
yirik – 400-450 g. Donasi – 6-7 g.
SHakli –uzunchoq, rangi – oq yashil,
ta‟mi – yoqimli. Meva eti –tig„iz
qarsildoq,
quritilganda muskat hidli
yaxshi sifatli mayiz beradi. Qand
miqdori – 23%. Hosildorligi 160-180
s/ga ni tashkil etadi.
112
XUSAYNI KELIN BARMOQ
navi.
O„rta Osiyodan kelib chiqqan.
O„rta pishar (avgustning oxiri) xo„raki
nav. Bargi yirik,
ovalsimon, besh
bo„lakli, uchi o„tkir burchakli. Guli
qo„shjinsli. Uzum boshi o„rtacha
kattalikda, silindrsimon, sochiluvchan,
og„irligi 300-400 g. G„ujumlari
cho„ziq, sal egri va lo„nda, oq-sariq,
uch tomoni xiyol pushti rangda (4,5
g). Po„sti
yupqa tiniq, eti syersharbat
yeruvchan,
ta‟mi
oddiy,
shirin.
Qandliligi 17-18%, kislotaliligi 4 g/l.
Hosildorligi 130-150 s/ga bo„lib, tupi
kuchli o„sadi.
113
11.3.Mayizbop uzum navlarining ta‟rifi
KISHMISH
BELIY
OVALNIY navi.
O„rta Osiyoda
yaratilgan. 1959
yildan Respublika
bo„yicha Davlat reestriga kiritilgan. Bu
navning tupi baland bo„lib, mevasi
o„rtapishar, uzum shingili mayda,
tuxumsimon, rangi sarg„ish yashildan
to sariqqacha,
mayda qora nuqtalari
bor. Nav urug„siz bo„lib, quritish
uchun ishlatiladi. Uzum boshining
o„rtacha vazni – 153 g.
Mevasining
pishgan vaqtidagi ta‟m bahosi – 7,1
ball. Hosildorligi – 259 s/ga, eng
yuqori hosildorligi – 300,8 s/ga ni
tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: