Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127
 
 
KISHMISH 
ZARAFSHON 
navi. 
O„rtapishar nav (sentyabrning
boshi). Akademik M.Mirzaev nomli
bog„dorchilik, uzumchilik va 
vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida
seleksionyer olimlar K.M. Smirnov
va A.F. Gyerasimova tomonidan 
Kattaqo„rg„on va Bedona navlarini
chatishtirish yo„li bilan chiqarilgan.
Bargi yirik dumaloq shaklda, besh 
bo„lakli. Guli qo„shjinsli. Uzum
boshi o„rtacha yirik, silindr shaklida,
zichligi 
o„rtacha. G„ujumlari 
ovalsimon shaklda, och yashil, to„liq
pishganda sariq rangda (5-6 g). Po„sti 
yupqa, eti tig„iz syershira, xushta‟m. 
To„liq pishganda qandliligi 22-24%, 
kislotaligi 4 g/l. Hosildorligi 160-200 
s/ga, tupi kuchli o„suvchi.
 
 
 


118 
NILUFAR 
navi. 
Akademik
M.Mirzaev nomli bog„dorchilik, 
uzumchilik va vinochilik ilmiy-
tadqiqot institutida yaratilgan. 2013
yildan Respublika bo„yicha Davlat 
reestriga kiritilgan. Yirik mevali, 
urug„siz bu nav o„rta-kechki muddatda 
pishib etiladi. Tupi o„rta bo„yli.
Bargi o„rtacha kattalikda, dumaloq,
to„q-yashil rangda, silliq, qirralari
yuqoriga 
qaratilgan. 
Barg
parraklarining uchki qismi o„tkir
uchburchaksimon. Barg bandi asosiy 
tomirdan uzunroq, och-yashil,
yalang„och holda. Guli ikki jinsli.
G„ujumi konussimon, katta (486 g),
o„rta zichlikda. Meva doni yirik 
(24×17 mm), ovalsimon, o„rtasidan 
uchigacha pushti rangdan to„q-
pushtigacha o„zgarib torayib boradi.
Po„sti tig„iz. Eti go„shtdor, 
karsillaydigan. 
Sharbati 
rangsiz. 
Mevalarida 
urug„lar 
bo„lmaydi, 
ba‟zilarida alohida rudiment holida
uchraydi. Ekilganidan so„ng ikkinchi
yili hosilga kiradi. Hosildorligi 14-15
kg/tup yoki 232-242 s/ga.
Sharbatida shakar miqdori o„rtacha –
25,8%, kislota miqdori – 5-6 %.
Ta‟m bahosi yangi uzilganida va
quritilganida – 9,5 ball. Mevasi
115-130 kun saqlanadi. Nav 
ishlatilishi univyersal.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin