2
UDK: 634.8:631.5
D.Normurodov, I.Normuratov, S.Sanayev, E.Hamdamova. Uzumchilik.
Qishloq xo„jalik oliy o„quv yurtlari talabalari uchun darslik. – Samarqand.:
2021. 194 bet.
Ushbu darslik qishloq xo„jaligi sohasida tayyorlanayotgan 5410200-
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo„yicha), 5411000 – Meva-
sabzavotchilik va uzumchilik, 5111000 – Kasb ta‟limi (Agronomiya dehqonchilik
mahsulotlari bo„yicha) ta‟lim yo„nalishlarida va 5A411003 –
Uzumchilik va
uzumni dastlabki qayta ishlash magistratura mutaxassisligi bo„yicha tahsil
olayotgan talabalar uchun O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim
vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat ta‟lim standarti
hamda malaka talablari
asosida tuzilgan o„quv reja hamda fan dasturi asosida tayyorlangan. Ushbu
darslikni tayyorlashda keyingi yillarida dunyoning
uzumchilik rivojlangan
davlatlari va mamlakatimizdagi zamonaviy uzumchilikda sohasidagi ilg„or
agrotexnologiyalar va xorijiy tajribalar inobatga olingan. Darslikda uzumchilikning
ahamiyati, tok ekinining kelib chiqishi,
tarqalishi, biologik xususiyatlari,
Davlat
reestriga kiritilgan va keng tarqalgan xo„raki, mayizbop va vinobop navlarning
ta‟rifi, tokni ko„paytirish usullari va ko„chatini yetishtirish, tokzor barpo qilish va
yosh
tokzor agrotexnikasi, tok tuplarini o„stirish usullari, kesish,
shakl berish,
tokning yashil qismlari bilan olib boriladigan ishlar va hosilli tokzorni
parvarishlash, hosilni yig„ish, tashish, saqlash, tog„ va tog„oldi
hududlardagi
tokchilik, xususiy tokchilik va intensiv usulda tok o„stirishga keng e‟tibor
qaratilgan. Darslikda amaliy mashg„ulotlar mavzulari yoritilgan va ularni bajarish
tartibi ham berilgan. Ushbu darslik qishloq xo„jaligi sohasida oliy o„quv
yurtlarining hamda qishloq xo„jaligi texnikumlarining o„qituvchilari,
tayanch
doktorantlar va Meva – sabzavotchilik va uzumchilik yo„nalishi bo„yicha pedagog
xodimlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tinglovchilariga, barcha
bakalavr ta‟lim yo„nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
talabalari hamda
soha mutaxasisslari uchun mo„ljallangan.