16
novdalarning o„sish fazasi. Bu fazada kurtaklar paydo bo„lishi bir oygacha,
novdalarning kuchli o„sishi esa ikki oygacha davom etadi. Bu davrda,
bir yillik
novdalarda mavjud bo„lgan kurtaklar asta-sekin bo„rtib o„sa boshlaydi. Kurtaklar och
yashil rangda bo„lib, juda mo„rt bo„ladi, salgina tegilsa ham, tushib ketishi mumkin.
So„ngra novdalar tez o„sa boshlaydi. Dastlabki davrlarda xatto bir kunda novdalar 10
sm gacha ham o„sishi mumkin. Novda uzunligi 15-20 sm ga etganda, uchinchi va
to„rtinchi barg qarshisida boshlang„ich gul to„plamlari paydo bo„ladi.
3-faza
– gullash
fazasi. Bu faza 14-15 kun davom etadi. Tok gullari juda mayda bo„lib, shingil (ro„vak)
gul to„plamiga joylashgan. Har bir shingil gul to„plamida 200 tadan 1500 tagacha gullar
bo„ladi. Ularning gullaganini faqat gul kosachasini tashlaganidan bilish mumkin.
Tok gullarining faqat 30 % i changlanib meva beradi, qolgani to„kilib ketadi.
Gullar 6-kun changlanadi. Shuning uchun, tok gullaganda havo tinch, shamolsiz bo„lsa
sun‟iy yo„l bilan changlantirish kerak. Agarda kuchli shamol, yomg„ir bo„lsa ham, gul
changi yuvilib, yaxshi changlanmay qoladi.
4-faza
mevalarning o„sish fazasi. Bu faza
ertapishar navlarda 20-30 kun, kechpishar navlarda 50-60 kungacha davom etadi.
Gullar
changlangandan boshlanib, toki g„o„ralar paydo bo„lib «hol otgunga» qadar
davom etadi. Bu vaqtda mevalar sezilarli darajada tez o„sadi, mevaning shakli va
og„irligi ortib boradi. Mevalar to„q yashil rangda bo„lib, eti qattiq bo„ladi. Biokimyoviy
tarkibiga ko„ra kislotali juda yuqori bo„ladi, Shuning uchun bu fazada mevalarni
iste‟mol qilib bo„lmaydi.
5-faza
– Mevalarning pishish fazasi.
Bu faza ertapishar
navlarda 20 - kun va kechpishar navlarda 50-60 kun davom etadi. Bu fazada mevalar
nav belgisiga qarab rangini o„zgartira boshlaydi, po„sti yupqalashib, eti yumshaydi.
Mevalarning pishishi ikki xil bo„ladi: texnik pishish va fiziologik (to„la) pishish. Texnik
pishgan paytida mevalarni qantdorligi ortib kislotaligi kamayib, iste‟mol uchun yaroqli
bo„ladi. Shuning uchun, mevalar to„liq pishmasdan, shu
davrdan boshlab mevalarni
ho„l holda iste‟mol qilish mumkin. To„la pishganda esa mevalarning tarkibidagi qand
(shakar) miqdori maksimal darajaga etadi, kislotaligi esa minimal darajada kamayadi.
Har qaysi nav uzum mevasi nav belgisiga qarab o„z rangiga ega bo„ladi, ularning
og„irligi ham maksimal darajaga etadi.
6-faza
– Bir yillik novdalarning pishishi va barg
to„kilishi. Bu faza ko„pincha tashqi muhit omillariga bog„liq bo„lib, ba‟zi yillarda tok
bu fazani o„tmay ham qolishi mumkin. Chunki, O„zbekiston sharoitida eng birinchi
qattiq sovuqlar oktyabr oyining boshlarida kuzatiladi.
Shu davrgacha tok novdalari
pishmagan va barglari to„kilmagan bo„lsa, sovuqdan shikastlanib nobud bo„ladi.
Shuning uchun agrotexnika tadbirlarini agronom o„z vaqtida tugatib, tok ekiniga bu
oxirgi fazani o„tashi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Bunda, mineral o„g„itlarni erta
berib tugatish, avgust oyidan keyin esa tokni umuman sug„ormaslik.
Agarda shu
tadbirlar kechiktirilsa, tok birinchi sovuqlardanoq shikastlanishi mumkin.