11
Vitis vinifyera turini uzoq vaqt sun‟iy tanlash natijasida hozirgi toklarning ko„p
xilma-xil navlari yetishtirildi. Tok navlarining kamrog„i boshqa turlardan kelib
chiqqan.
Markaziy Osiyo uzumchiligining tarixi uzoq asrlardan boshlangan. U yerda tok
Aleksandr Makedonskiy yurish boshlashidan ancha oldin (IV asrda yangi eragacha)
ekilgan. Greklar Markaziy Osiyoni bosib olishi davrida (yangi yeraning I asri) bu
yerda tokchilik va vinochilik rivojlangan edi, bunda Farg„ona vodiysi alohida
maqtovga sazovor bo„lgan, Chunki bu yerda yirik feodallarning katta-katta tokzorlari
bo„lib, ular vino tayyorlab, uni 10 yillab saqlar edilar.
Arab hukmronlari (VII-VIII asrlar) xalqaro aloqani kengaytirdilar. Bu bilan
O„rta Osiyoga Arabiston, Hindiston, Eron va boshka mamlakatlardan tokning yangi
navlarining keltirilishiga yordam berdilar. Tok markaziy Osiyoning barcha
sug„oriladigan
dehqonchilik viloyatlarida, ayniqsa, Toshkent, Farg„ona, Zarafshon
vodiysida, Qashqadaryoda, Amudaryoning o„ng va chap sohillarida, Xorazmda ko„p
ekilgan.
Tokchilik sanoat miqyosida katta ahamiyatga ega. Mayiz va shinni faqat qo„shni
sharq mamlakatlari bilangina savdo tovari bo„lib qolmay, balki Volga bo„yi
tomonlarga ham olib boriladi. Ekiladigan tok navlarining xilma-xilligi, tokni parvarish
qilishning ancha murakkab sistemasi bu davrda tokchilikni rivojlantirish yuqori
darajada ekanligini ko„rsatadi. Masalan, bir tup tokka bir necha nav tok ulanganligi,
shingillar alohida yoqimli mazali bo„lishi uchun tup va novdalarga har xil eritmalar
yuborilganligi va hokazolar haqida ma‟lumotlar bor.
Mo„g„ullarning O„rta Osiyoga hujumi (eramizning XIII asrida) natijasida bosib
olingan yerlar
xarobaga aylanadi, bu esa qishloq xo„jaligining barcha tarmoqlarining
inqirozga uchrashiga sabab bo„ldi. Lekin, XV asrda tokchilik qayta tiklandi. Keyingi
asrlarda O„rta Osiyodagi feodal davlatlarda (Xorazm, Buxoro, Qo„qon xonliklarida)
musulmon dinining talabiga muvofiq vino ichish man qilingan edi. Shuning uchun,
tokning faqat mayiz qilinadigan va kishmish navlari ekilar edi. Tokzorlardagi vino
uchun ishlatiladigan toklar olib tashlanib, ular boshqalari bilan almashtirildi. Bu
maqsad uchun ekiladigan toklarning faqat juda qimmatbaho navlari (Baxtiyoriy,
Obaki, Vassarg„a va boshqalar) saqlanib qolgan. Bularni yangiligicha iste‟mol qilish
va shinni qilib ishlatish mumkin edi. Vinochilik juda cheklangan holda mavjud edi.
O„rta Osiyoning Rossiyaga qo„shilishi bilan yangi uzum va mayiz Rossiyaning
markaziy bozorlarida olib borila boshlandi. Vinochilik tez suratlar bilan rivojlana
boshladi, shu bilan bir qancha savdo firmalari va soxibkorlar shug„ullandilar. Tokning
Qrim, Moldaviya, Kavkaz ortidan va boshqa joylardan
keltirilgan yevropa vinobop
navlari o„stirila boshlandi. Shu vaqtda Turkistonga sohibkorlar keldi.
12
Uzumchilikni rivojlantirishda Rossiya bog„dorchilik jamiyatining Turkiston
bo„limi ijobiy rol o„ynaydi, bu bo„lim keyinchalik qishloq xo„jaligining Turkiston
jamiyatiga aylantirildi. Bu jamiyat ko„paytirish uchun tokning eng yaxshi navlarini
tavsiya etdi va ularni boshqa tokchilik hududlaridan olib kelish ishlarini tashkil qildi.
1911 yilda Turkiston uzumchilik va vinochilik qo„mitasi tashkil qilindi. U
tokchilikda, xususan, tokzorlarni filloksyeradan saqlashda, tokning oidium kasalligiga
qarshi kurashda va bundan tashqari, ko„chatzorlar barpo qilishda ko„pgina
agrotexnika tadbirlarini qo„llashga, mevachilik va uzumchilik bo„yicha ko„rgazmalar
tashkil etishga, vinolarning sifatini oshirishga va boshqalarga ta‟sir etdi.
1924 yildan boshlab tokchilik va vinochilik umuman tez rivojlandi. Vinochilik
sanoati uchun asosiy xom ashyo bazasi hisoblanadigan bog„dorchilik-uzumchilik
xo„jaliklari tashkil etildi.
1970 yillardan boshlab O„zbekistonda uzumchilik yaxshi rivojlana boshladi.
Toshkent va Samarqand viloyatlarida bir qancha uzumchilikka ixtisoslashgan
xo„jaliklar tashkil etildi va shu davrdan boshlab intensiv
tokzorlar barpo etila
boshlandi. Ayniqsa, O„zbekiston sobiq ittifoqning mayiz yetishtiradigan asosiy
bazasiga aylantirildi yoki ittifoqda yetishtiriladigan barcha mayizning 70-75% ini
O„zbekiston berar edi.
1985 yilda sobiq ittifoq hukumatining ichkilikbozlikka qarshi kurash mavzusida
qabul qilgan qaroriga muvofiq, bir qancha vinobop uzum navlari ekilgan maydonlar
buzildi, keyinchalik ularning o„rniga xo„raki va mayizbop uzum navlari ekildi.
1991 yildan boshlab uzumchilikni rivojlantirishga O„zbekiston hukumati katta
e‟tibor bera boshladi. Ko„pchilik tok ekilgan maydonlar fermer xo„jaliklariga, oilaviy
pudratlarga bo„lib berildi, yangidan barpo qilinayotgan tokzorlarga asosan mayizbop
navlarni ekish tavsiya qilindi. Bir qancha paxtachilikka ixtisoslashgan xo„jaliklarda
ham uzumchilik brigadalari va fermer xo„jaliklari tashkil etildi.
1997 yilda O„zbekistonda jami 125 ming gektardan ko„proq tokzorlar maydoni
mavjud bo„lib, shundan 100 ming gektariga yaqin hosilga kirgan tokzorlar edi.
O„zbekiston bo„yicha hosildorlik gektaridan 55-60 s ni tashkil etadi, lekin bir qancha
ixtisoslashgan xo„jaliklarda esa 200-220 s gacha hosil olinmoqda, ayniqsa vinobop
uzum navi Bayan Shireydan ayrim oilaviy zvenolar gektaridan 600
s gacha hosil
olmoqdalar.
Kelgusida O„zbekistonda uzumchilikni rivojlantirish uchun nimalarga e‟tibor
berilishi kerak: tokzor barpo qilish uchun yaroqli bo„lgan tog„ va tog„ oldi hududlarida
tokchilikni rivojlantirish; mavjud bo„lgan tokzorlardagi xatolarni to„ldirish, keksa
toklarni yoshartirish; xo„jalikning yo„nalishiga qarab uzumning yuqori hosilli,
kasalliklarga chidamli navlarini ekish, masalan, vinobop navlardan Rkatsiteli, Bayan
Shirey, Kuljinskiy, xo„raki navlardan Daroi, Kattaqo„rg„on, Nimrang,
Pushti toyfi,
13
mayizbop navlardan Oq kishmish, Qora kishmish, Botir kishmish, Qorajanjal,
Sultoniy tokzorlarda asosiy agrotexnologik jarayonlarni o„z vaqtida sifatli qilib
bajarish, kasalliklarga qarshi kurashning eng samarali usullarini qo„llash va hokazo.
Dostları ilə paylaş: