Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
 



KIRISH
Bugungi kunda dunyo bo„yicha tokzorlarning umumiy maydoni 7 mln. 546 
ming gektarni, yalpi uzum hosili 62 mln. tonnani tashkil etmoqda. 
Yetishtiriladigan uzum hosilining asosiy qismi – 83% vino tayyorlash, 12% 
yangiligicha iste‟mol qilish va 5% quritish (mayiz) uchun ishlatiladi. Dunyo 
bo„yicha yyetishtirilgan uzumning 31 mln tonnasi Yevropaga, 12,5 mln. tonnasi 
AQSHga, 13,5 mln. tonnasi Osiyoga, 3,1 mln. tonnasi Afrikaga va 3,1 mln. tonnasi 
Avstraliya va Yangi Zelandiya mamalakatlari ulushiga to„g„ri kelib, uzum 
hosildorligi o„rtacha 82,2 s/ga ni tashkil etmoqda. Xozirgi kunga kelib 
O„zbekistonda yalpi uzum hosili 1,6 ming tonnaga yetdi. Hozirgi vaqtda, 
dunyoning uzum yetishtiruvchi mamlakatlarida uzum hosildorligini oshirishda 
yangi navlarni yaratish va eng maqbul agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Pishgan uzum sarxilligida yeyiladi. Undan mayiz, qiyom, shinni, sharbat,
kompot tayyorlanadi. Sharbatidan vino va konyak olinadi. Olimlar 1 litr uzum 
sharbati kaloriyasi bo„yicha 1,7 litr sigir sutiga, 650 gramm mol go„shtiga, 1 kg 
baliqqa, 300 gramm pishloqqa, 500 gramm nonga, 3–5 dona tuxumga, 1,2 kg 
kartoshkaga, 3,5 kg pomidorga, 1,5 kg olma, nok yoki shaftoliga ekvivalent
ekanligini isbotlashgan. Demak, tomorqasida uzum yetishtirayotgan oila go„sht, 
sut, non va boshqa oziq - oqvat mahsulotlarini kamroq sotib oladi, kamroq pul 
sarflaydi. Uzum nafaqat ovqat, balki yurak-tomir, asab, oshqozon-ichak, kam 
qonlik, sil va boshqa bir qator kasalliklarni davolashda ishlatiladigan nodir meva 
hisoblanadi. 
Bugungi kunda dunyo bo„yicha mayiz ishlab chiqarish hajmi 1,220 mln. 
tonnani tashkil etmoqda. Bu borada Turkiya (353,167 ming tonna), AQSH 
(332,760 ming tonna), Eron (122,595 ming tonna), Gretsiya (72,861 ming tonna), 
CHili (51,128 ming tonna), Janubiy Afrika (37,049 ming tonna) kabi davlatlar 
etakchilik qilmoqda. Yalpi mayiz ishlab chiqarish bo„yicha O„zbekiston jahonda 
yettinchi o„rinni egallab (32,893 ming tonna) kelmoqda va unda germiyonning 
ulushi 8-10 ming tonnani tashkil etmoqda. Mamlakatimizda germiyon mayizini 
ishlab chiqarish hajmini oshirish tashqi bozorda raqobatbardosh bo„lgan mahsulot 
eksporti hajmini oshirishga imkon beradi. 
Respublikamizda so„nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmi, ularning assortimenti va eksport salohiyatini tubdan oshirishga alohida 
e‟tibor berilmoqda. O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha 
Harakatlar strategiyasining Qishloq xo„jaligini modyernizatsiya qilish va jadal 
rivojlantirishga 
bag„ishlangan 3.3-bandida ham 
«
...mamlakat 
oziq-ovqat 



xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni 
kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish» 
masalalari alohida belgilab qo„yilgan.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi PQ-4549-
son 
«
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog„ini yanada rivojlantirish, sohada 
qo„shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar 
to„g„risida
»
gi, 2018 yil 29 martdagi PF-5388-son 
«
O„zbekiston Respublikasida 
meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo„shimcha chora-tadbirlar 
to„g„risida
»
gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son 
«
O„zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo„yicha harakatlar strategiyasi to„g„risida
»
gi, O„zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4161-son 
«
O„zbekiston 
Respublikasi Qishloq xo„jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni 
rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to„g„risida
»
gi Farmon va Qarorlari 
uzumchilik sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda aholi jon boshiga yiliga 15 kg uzum ishlab 
chiqarilishi kerak. Mamlakatimiz tibbiyot olimlari respublika aholisining uzum 
iste‟mol qilish normasini 25 kg ga oshirishni tavsiya qiladi. 
Lekin, bugungi kunda aholi jon boshiga yil davomida 12 kg uzum ishlab 
chiqarilmoqda.



Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin