15
bargning qarshisida joylashgan. Gullari mayda, yashil, ikki jinsli va ayrim jinsli bo„ladi.
Kosachalari qo„shilib o„sadi. Gultojisi 4 ta, 7 ta tojibargdan tuzilgan. Gul ochilganda u
huddi yulduzga o„xshaydi yoki qalpoqcha shaklida tushib ketadi. Otaligi 4-5 ta,
kamdan-kam holda 6-7 ta, changdonlari ikki uyali. Tugunchasi ikki uyali, har bir uyada
ikkitadan urug„ kurtak bo„ladi. Ustunchasi qisqa yoki uzun. Onalik tumshuqchasi
kosasimon yoki boshsimon. Mevasi seret, shirali yoki urug„li quruq meva.
Tokning ko„p turlari yovvoyi holda o„sadi. Vitis avlodining turlari ko„p tarqalgan
va ular xo„jalik ahamiyatiga ega. Bu avlodning 70 turidan 20 tasigina foydalaniladi: 5-6
ta
turi hosil olish uchun, qolganlari payvantag sifatida va seleksiya ishlarida,
Shuningdek dekorativ maqsadlarda foydalanish mumkin. Ba‟zi turlari filloksyera va
zamburug„ kasalliklariga chidamli bo„ladi. O„sish joyiga qarab vitis avlodining turlari
uch guruhga yevropa-osiyo, sharqiy osiyo va shimoliy amerika guruhlarga bo„linadi.
Yevropa-Osiyo guruhiga bitta Vitis vinifyera (Vitis Vinifyera) turi kiradi. Bu
turga yovvoyi, yovvoyilashgan va ekiladigan tokning barcha
yuqori sifatli navlari
kiradi. Uning vatani Yevropa, O„rta va Kichik Osiyo,
Kavkazorti, Osiyoning g„arbiy
qismi, Shimoliy Afrika va O„rta yer dengizi hamda Qora dengiz atrofidagi tumanlardir.
Dostları ilə paylaş: