Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Tokning tashqi muhit omillariga munosabati



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127
2.4.Tokning tashqi muhit omillariga munosabati 
Tokning tashqi muhit omillariga talabi. Tokning o„sishi, rivojlanishi va hosil 
berishi tashqi muhitga chambarchas bog„liq bo„ladi. Barcha tashqi sharoit komplekslari 
ichida iqlim, tuproq va biotik omillar muhim hisoblanadi. Bu omillar tokka bir vaqtda 
ta‟sir ko„rsatadi. Tok har xil tur va navlari hamda o„suv fazalarida tashqi muhit 
omillariga munosabati har xil bo„ladi. 
Iqlim omillari: tok ekini issiq va subtropik iqlim o„simligi hisoblanadi. U 
shimoliy yarim sharning 20°C dan 5200 gacha bo„lgan kengliklarida xo„jalik 
miqyosida ekiladi. Lekin, har xil agrotexnika tadbirlarini qo„llab, ekinni yer sharining 
hamma mintaqalarida o„stirish mumkin. 
Iqlim omillaridan tok uchun yorug„lik, harorat va namlik eng katta ahamiyatga 
ega. 
 Yorug„lik.
Tok yorug„sevar o„simlik. Soyada u sekin o„sadi, hosildorligi va 
mevasi tarkibidagi shakar miqdori kamayadi. Juda soyada qolsa, barglari sarg„ayib 
gullari, tugunchalari va mevalari to„kiladi, barg bandi va novdalarning bo„g„im oralig„i 
uzayadi, to„qimalardagi hujayralar differensiatsiyasi va yog„ochlikning pishishi uzoqqa 
cho„ziladi, novdalar yomon pishadi. 
Harorat.
Tok ekini va uning qismlari uchun havo va tuproq haroratining 
muhim ahamiyatga ega. Bahorda tuproqning harorati 8-9°C ga ko„tarilganda tok 


19 
ekinida shira harakati boshlanadi. Sutkalik o„rtacha harorat 10°C bo„lganda 
tokning tana va novdalarida kurtaklar bo„rta boshlab, 11-12°C da ular Yozila 
boshlaydi. O„rtacha sutkalik havo harorati 25-30°C da tok jadal gullaydi, novdalar 
yaxshi o„sadi, harorat 38-40°C dan yuqori bo„lganda tokdagi fizologik jarayonlar, 
novdalarning o„sishi deyarli to„xtaydi, barg va g„ujumlar zararlanadi, sifati 
pasayadi. 
Kuzda havo harorati -3-5°C da barg va g„ujumlar, -8-12°C da kurtak va 
novdalar sovuqdan zararlanadi. Qishda tok novdalari -18-22°C, ildizlari esa -5-7°C 
da zararlanadi. Yaxshi chiniqqan tokning zang va madang qismlari -20-25°C gacha 
sovuqqa chiday oladi. Yer sathidagi qor qatlami ham tuproq haroratini oshirishga, 
tuproqni muzlamasligiga yordam beradi. 
Bahorda havo haroratining 1°C gacha pasayishi kurtaklarni uyg„onishdan 
to„xtatadi, Qishda organik tinim davri tugagandan so„ng kunlarning ilib qolishi tok 
uchun katta xavf tug„diradi. Tok yoki uning qismlari chiniqa olmaydi, shu bois hatto
-3-4°C bo„lgan kuchsiz sovuqda bo„rtgan kurtaklar, o„sayotgan yosh yashil novdalar 
va barglar, 0-2°C da esa to„pgullar nobud bo„ladi. 
Qish davridagi havoning sovuq harorati hamda sovuqning davomiyligiga 
qarab tok tuplari ko„miladigan, shartli ko„miladigan va ko„milmaydigan 
hududlarga bo„linadi. Sovuq -20°C dan yuqori bo„ladigan xududlarda tok ko„milib, 
sovuq -16-18°C, bo„ladigan rayonlarda shartli ko„milishi, sovuq -15°C dan 
oshmaydigan joylarda esa ko„milmasdan o„stirilishi mumkin. 
O„zbekistonning shimoliy xududlari hisoblangan Qoraqalpog„iston 
Respublikasi, Xorazm viloyatida, ayniqsa, qishning boshqa viloyatlarga nisbatan 
qattiq bo„lishi tok tuplarini noyabr-fevral oylarida ko„mib qo„yishni talab qiladi. 
Surxondaryo viloyatida va boshqa viloyatlarning janubiy tumanlarida qish 
oylarining mo„tadil va nisbatan iliq bo„lishi tok tuplarini ko„mmasdan o„stirish 
imkonini beradi (Sh.Temurov. Uzumchilik, 2002). 
Mashhur klimatolog F. F. Davitaya mevasi har xil mudatda pishib yetiladigan tok 
navlari uchun o„suv davrida quyidagi haroratlar yig„indisi: juda ertangi navlar uchun 
2400-2600°C, kechki navlar uchun 2800-3000°C, juda kechki navlar uchun 3000°C 
dan ortiq bo„lishi zarurligini aniqlagan. 
O„zbekiston sharoitida havoning faol xarorat yig„indisi ertapishar navlar 
(Daroyi, Chillaki, Pyerlet va x.k.) uchun 2600-3100°C, o„rta va kechpishar navlar 
uchun 3200-3700°C va undan ortiq qilib belgilangan. Tog„li, tog„ oldi xududlarda 
havoning faol harorat yig„indisi yuqoridagi ko„rsatkichlardan kamrok bo„lsa, 
ammo quyosh radiatsiyasining kuchli ta‟siri natijasida uzum sug„oriladigan 
yerlarga qaraganda oldinroq pishadi. Keltirilgan ma‟lumotlar nisbiy hisoblanib, 
ular ob-havo sharoitlariga qarab o„zgarishi mumkin. 


20 
Namlik.
Tok ekini qurg„oqchilikka o„ta chidamli ekin hisoblanadi. Lekin, 
O„zbekiston sharoitida faqat tokni sug„orib, yuqori hosil olish mumkin. Tok har xil 
yillik o„suv fazalarida namni bir xilda talab qilmaydi. Novdalarning va barg yuzasining 
jadal o„sishi davrida nam juda katta ahamiyatga ega. Gullash vaqtida tuproqda va 
havoning ortiqcha nam bo„lishi gullarning to„kilib ketishiga sabab bo„ladi; nam 
o„simlik qismlarining kuchli o„sishini tezlashtiradi, bunda generativ organlarning 
zarariga ko„p miqdorda oziq moddalar sarflanadi. Mevalar to„lishishi vaqtida ham tok 
ko„p nam talab qiladi. Novdalar pisha boshlashi bilan namga talab kamayib boradi. 
Uzum pishishi oldidan tuproqda namning ortiqcha bo„lishi meva shirasining suyulib 
ketishiga va undagi shakarning kamayib ketishiga sabab bo„ladi, tashish va saqlash 
qiyin bo„ladi. Bu holda meva po„sti yupqalashib qoladi, yoriladi va mevalar iriy 
boshlaydi. Sernam havo uzoq saqlansa, tokzorlarda zamburug„ kasalliklar, asosan 
oidium kasalligi tarqaladi. 
Nam etishmaganda novda, barg, uzum boshlari, g„ujumlar o„sishdan to„xtaydi, 
hosil kamayadi, uning sifati pasayadi, qurg„oqchilik davrida esa tokning bir qancha 
fiziologik funksiyalari buziladi, og„izchalar kichik ochiladi, transpiratsiya, fotosintez 
jarayoni keskin pasayadi, onalik tumshuqchasidagi suyuqlik qurib qoladi, tok qishga 
yomon tayyorlanadi. Shunday qilib, tok me‟yorida rivojlanishi uchun qishda va erta 
bahorda yerda ko„p nam to„plansa tok gullagandan so„ng, mevalar to„lishayotganda 
namni juda oshirish, gullash va mevalarni etilishida hamda novdalarning pishishi 
davrida o„rtacha saqlash lozim. 
Shamol.
Tokzorlarda yengil shamol juda foydali; u tokzorlarda ayeratsiyani 
yaxshilab, tok zanglarini zamburug„ kasalliklari bilan zararlanishdan saqlaydi, tokni 
chetdan changlanishiga yordam beradi, sovuq tushgan vaqtlarda sovuq havoning turib 
qolishiga yo„l qo„ymaydi. 
Kuchli shamol tokzorlarga zarar keltiradi, ya‟ni yer qurib qoladi, bag„azlardagi 
novdalar tushib ketadi, ularni sindiradi, barglarini silkitadi. Issiq shamol (garmsel) 
novdalarni, barglarni va uzum g„ujumlarini zararlaydi. Yomg„irda va harorat past 
vaqtida shamol bo„lsa, novdalar muzlab qoladi va ko„milmagan toklarda kurtaklar 
nobud bo„ladi. Uzum pishishi davrida kuchli shamol bo„lib turadigan hududlarda 
xo„raki, ayniqsa, yupqa po„stli (Xusayni, Kattaqo„rg„on va boshqa) navlarni iloji 
boricha ekmaslik lozim, Chunki ular mexanik shikastlanishi tufayli uzumning sifati 
pasayadi.
Tuproq.
Tok O„zbekistonning botqoq va kuchli sho„rlangan tuproqli yerlaridan 
tashqari, barcha yerlarda o„sa oladi. Tokning bu xususiyati ildiz tizimining plastikligiga 
anchagina bog„liq bo„ladi. Suv bilan to„la ta‟minlanganda tuproqli yerlarda undan mo„l 
hosil olish mumkin. Yengil qumoq tuproqli yerlar tok uchun juda mos keladi. Toshloq, 


21 
shag„alli, yirik qum donali tuproqlarda ham maxsus agrotexnika tadbirlarini qo„llab, 
tokdan yuqori hosil olish mumkin. 
Sizot suvlarining sathi va ularning naqadar yuza joylashishi tok ekish uchun katta 
ahamiyatga ega. Sizot suvlari juda yuza (0,5-1 m) joylashgan bo„lsa tok nobud bo„ladi. 
Bunday yerlarda zovurlar qazib suvni qochirgandan so„ng, tokzor barpo etish mumkin. 
Tuproqda tuzlarning umumiy miqdori 0,5-0,7% bo„lganda, lekin xloridlar 0,02-0,04% 
dan ortib ketmaganda tok nisbatan normal o„sadi va hosil bera oladi. Tok uchun tuproq 
eritmasining konsentratsiyasi rN-5-7 bo„lganda yaxshi o„sadi. Kislotali tuproqli 
yerlarda tok yomon o„sadi. Tok sho„rga nisbatan chidamli o„simlikdir. Tok oziq 
moddalarga boy va unumdor tuproqlarda yaxshi o„sadi. 
Biologik muhit, begona o„tlar, o„simlik parazitlari (zarpechak), tok zangining 
zararkunanda va kasalliklari, bakteriyalar, viruslar va zamburug„lar tok o„simligining 
hayotiga zararli ta‟sir etadi. Shuning uchun, bularga qarshi kurashish talab etiladi. 
Tok uchun yerning relefi ham katta ahamiyatga ega. Chunki, joyning balandligi 
va relefi o„zgarishi bilan, ma‟lumki, iqlim va tuproq sharoiti ham o„zgaradi, bu esa 
tokning o„sishi va hosil berishiga, mahsulotning sifatiga ta‟sir etadi. Joyning 
balandligiga qarab, tokning o„suv davridagi faol haroratlar yig„indisi kamayadi. Shunga 
ko„ra, uzumning xillari hamda uzumchilik-vinochilik tarmog„i o„zgaradi. 
Tog„li va tog„ oldi hududlarida tok ekib ko„paytirish uchun O„zbekistonda ko„p 
qulayliklar mavjud. Qirda tokzor barpo etish uchun joy tanlashda, oqadigan soy va 
buloqlardan sug„orish imkoniyati, yon bag„rlarning yuvilib ketishini oldini olish, yerni 
mexanizatsiya yordamida ishlash nazarda tutiladi. 
Tokning o„sishi, rivojlanishi, xosildorligi va xosil sifatiga ta‟sir ko„rsatuvchi asosiy 
omillarga yoruglik, issiklik, namlik, shamol, do„l, tuprok sharoitlari kabilar kiradi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin