Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


-rasm. Tok gulining tiplari



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127
2-rasm. Tok gulining tiplari. 
1-2-qosh jinsli, 3-4-funksional urg„ochi,
5-haqiqiy urg„ochi, 6-erkak, 7-8-erkak
o„tuvchi tipda
Kurtaklar barg qo„ltiqlarida rivojlanadi. Qo„ltiq novdalar o„sib chiqadigan 
kurtaklar, qo„ltiq kurtaklar deyiladi. Ular tez etiluvchan bo„ladi, tinim davrini o„tmaydi, 
ulardan shu yilning o„zidayoq ikkinchi tartib novdalar rivojlanadi. Qo„ltiq novdalarning 
asosida qishlovchi kurtaklar rivojlanadi, kelgusi yili ulardan asosiy novda chiqadi. Bu 
novda qo„ltiq novdalar zaif bo„lganda ham shakllana boradi; qishlovchi kurtak hosil 
bo„lgandan so„ng pishmagan qo„ltiq novdalar nobud bo„ladi. Qo„ltiq novdalarning 
etilmagan birinchi bargchasi qo„ltig„ida joylashgan pastki kurtak differensiallanadi va 
ko„zchaga aylanadi. Bu kurtak ikkita umumiy tangacha (qobiq) bilan, uning ustidan 
tukchalar bilan qoplangan. 
Tokda ham barg boshqa o„simliklar singari asosiy qism bo„lib, fotosintez 
natijasida plastik moddalar ishlab chiqiladi. Tupda barg qancha ko„p bo„lsa fotosintez 
hodisasi kuchli boradi, ko„p oziq moddalar ishlab chiqiladi va natijada sifatli mo„l hosil 
olinadi. Tok barglari oddiy bo„lib barg yuzasi keng, atroflari nav belgisiga qarab chuqur 
va yuza kesilgan bo„ladi. Bir gektar tokzorda o„rtacha 2-5 gektargacha barg yuzasi 
bo„ladi. Barglarda transpiratsiya hodisasi kuchli boradi. Bir gektar tokzorning barg 
yuzasidan, masalan Oq kishmish navida butun o„suv davrida 11 ming m/kub suv 
parlanadi. Tok barglari 2 oygacha o„sib, fotosintez hodisasi kuchli bo„ladi, shundan 
so„ng fotosintez susayib fiziologik qariydi. Shuning uchun, xomtok paytida novdaning 
orqasida joylashgan qari barglar olib tashlanadi. O„rtacha har bir bosh uzumga 5 tadan 
barg to„g„ri kelishi kerak. 
Tokda jingalaklari shakli o„zgargan novda bo„lib, noqulay sharoitlardan himoya 
vazifasini o„taydi. Jingalaklar 
oddiy va shoxlangan bo„ladi. 
Ular 
simpodial 
shoxlanadi. 
Jingalaklar tirgovuchga tekkanda 
taassurot tufayli, uning yuqori 
qismi o„ralib oladi, pastki yerkin 
qismi esa prujina shaklida spiral 
bo„lib boradi va novdani 
tirgovuchga tortadi. Tirgovuchga 
o„ralib olish uchun, jingalak 
aylanma harakat qiladi, uning 
uchi ikki soatda bir marta 
aylanib 
chiqadi, 
jingalaklar 
novdaning 
to„p 
gullaridan 
yuqoridagi 
bo„g„imlarida 
rivojlanadi. 
Jingalaklar 
novdaning 


26 
bo„g„imlarida to„pgullardan yuqorida joylashadi. To„pgullar esa hosil shoxlarida 
asosidan ikkinchi-uchinchi bo„g„imlarida joylashgan barglar qarshisida hosil bo„ladi. 
Hosilsiz novdalarda jingalaklar novda asosidan ikkinchi beshinchi bo„g„imlarda hosil 
bo„ladi. Tok to„pguli, gullari murakkab shingil yoki ro„vak shaklidagi to„pgulga 
yig„ilgan. Ular o„tgan yilgi qishki kurtaklarda hosil bo„ladi va kelgusi yil bahorda 
kurtaklar Yozilguncha boshlang„ich holatda bo„ladi. 
Agar, tok guli kurtak hosil qilayotgan paytda yaxshi oziqlantirilgan bo„lsa, 
to„pgullar birin-ketin hosil bo„ladi va tobora maydalashib boradi. Birinchi to„pgul juda 
yirik bo„ladi. Uncha qulay bo„lmagan sharoitda kurtaklar hosilsiz bo„ladi yoki undan 
faqat bitta to„pgul chiqadi. Odatda novdadagi jingalaklardan yuqorida to„pgul hosil 
bo„lmaydi. 
To„pgul va jingalaklar kelib chiqishi bir xil bo„lgan qismlardir. 
O„suv davrining oxirida kurtakdagi boshlang„ich to„pgul va yon bo„rtiqli o„q 
ko„rinishda bo„ladi. Bahorda novda o„sa boshlagan vaqtida to„pgul bargchalar bilan 
o„ralgan bo„ladi. Novdalar 15-20 sm ga etganda to„pgullar sezila boshlaydi. 
To„pgullar monopodial rivojlanadi. Markaziy o„qdan 3-4-tartib shoxlar chiqadi. 
Ular asosida kuchli rivojlanadi va Shuning uchun to„pgullar ko„p hollarda konussimon 
shaklda bo„ladi. Lekin, boshqa-silindrsimon shaklda, yumaloq, har tomonga 
shoxlangan shakllarda ham uchraydi. To„pgulning pastki shoxlari (to„pgulning qanoti) 
zaif rivojlanadi, kam gulli bo„ladi. Ba‟zan, u shingilni ushlab turish uchun jingalak 
vazifasini o„taydi. 
To„pgulning o„qlari uchtadan bo„lib to„plangan shona bilan tugaydi. Ularning 
markazdagisi yonidagilarga qaraganda kuchli rivojlangan. Bitta to„pgulda o„rta hisobda 
200 dan 1500 tagacha shona bo„ladi. 
Tokning ekiladigan navlarining ko„pchiligida gullari ikki jinsli bo„ladi. Lekin, 
ba‟zi bir xo„raki va vinobop navlari (Nimrang, Kattaqo„rg„on, Charos, Daroi va 
Tavkvyeri) ning guli funksional urg„ochidir. 
Normal, ikki jinsli gullar besh qismli tuzilishga ega, ulardan yaxshi rivojlangan 
tuguncha va syerpusht changli otaliqlar bo„ladi. Bular o„zidan va chetdan changlana 
oladi. Tokning gullari mayda, yashil bo„ladi. Guli ingichka bandda joylashadi. 
Kosachasi yaxshi rivojlanmagan, tojbarglari qo„shilib o„sgan, 5-6 tipli bo„ladi. 
Gultojisi qo„shilib ketgan 5-6 tojbargdan iborat, bular gulning ichki organlarini 
gul ochilguncha bekitib turadigan qalpoqcha hosil qiladi. Gul ochilishi paytida 
qalpoqcha tushib ketadi, bu otaliqlarning to„g„rilanishi, tojbarglarning tekis o„smasligi 
va xalqasimon naychalarning tez o„sishi tufayli ro„y beradi. 
Gultoj-qalpoq tushib ketgandan so„ng, otaliq changdonlari yoriladi, changlar shu 
gulning onalik tumshuqchasiga tushadi, so„ngra changdonlar tashqi tomonga buriladi 
va changlar shamol yordamida boshqa tomonga tarqaladi. Bu vaqtda onalik 


27 
tumshuqchasidan suyuqlik ajraladi. Bu suyuqlik tushgan chang naycha holida o„sib, 
onalik ustunchasi orqali urug„kurtakka va murtak xaltasiga kiradi. Bu yerda generativ 
yadro tuxum xujayra bilan qo„shiladi. 
Changdonlar ko„pincha qalpoqcha ostida yoriladi, bunda qat‟iy o„zidan 
changlanish ro„y beradi. Lekin, gul changdonlar yorilishi bilanoq, ochilgani sababli 
changlanish va urug„lanish protsessi ochilgan gulda o„tadi. 
Funksional urg„ochi gullarning yaxshi rivojlangan onaligi, qisqa yoki qalpoqchasi 
tushib ketgandan so„ng, pastga egilib turadigan otalik ipi bo„ladi. Bularning changi 
naslsiz (styeril), uchlari har xil shaklda bo„ladi. Funksional urg„ochi gulli navlar 
chetdan changlanishni talab qiladi. Agar bunday gulli ikki jinsli navlarning changi bilan 
changlanmasa, ular to„kilib ketadi yoki mayda-partenokarpik, urug„siz meva beradi. 
Natijada uzumning g„ujumlari maydalashib, hosil kamayib ketadi hamda uning sifati 
pasayadi. Binobarin, funksional urg„ochi gulning changi normal urug„lantirish 
xususiyatiga ega emas, lekin u meva po„stining rivojlanishini tezlashtiradi va urug„siz 
mayda g„ujum hosil bo„lishiga olib keladi (hususiy partenokarpiya). 
Tokning Erkak gullarida onalik rivojlanmagan, ustunchasiz va tumshuqchasiz 
bo„ladi, otaliklar ko„p bo„lib, to„g„ri rivojlangan, changlari huddi ikki jinsli 
gullarnikidek shaklda. Erkak tip gullar tokning yovvoyilarida va ularning duragaylarida 
uchraydi. Erkak gulli o„simliklarning katta to„pguli bo„ladi, ammo meva bermaydi. 
Gul tugunchalari meva-g„ujum bo„lib rivojlanadi. G„ujum meva bandidan 
uzilgandan so„ng, uning o„rnida naysimon tolalar bog„lami ko„rinadi. To„pguli uzum 
boshi bandiga, shoxlangan to„pgul o„qi gultojga aylanadi. Uzum boshining bandi qisqa 
va uzun bo„ladi. 
Uzum boshining shakli va uning zichligi gultojning shoxlanishi darajasi va 
g„ujumlar soniga bog„liq bo„ladi. Uzum boshlari silindrsimon, silindr-konussimon 
shaklda, bo„lakchali shoxlangan bo„ladi. Ular zich, o„rta va g„ujumlar kesilgan hamda 
deformatsiyalanganda, juda zich, bo„sh, juda bo„sh bo„lishi mumkin. 
Mevasining asosiy qismini meva eti (mezokarpiy) tashkil etadi. Uning xujayralari 
yirik, yupqa devorli, qand moddasi ko„p bo„lgan xujayra shirasi bilan to„lgan yirik 
vakuolalari bor. Meva etining uruqqa yopishgan ichki qismi (endokarpiy) markaziy 
qism deyiladi. 
Naviga va parvarish qilish sharoitiga qarab g„ujumlar yumaloq, oval, cho„ziq, 
uzunchoq va hokazo shaklli, o„lchamiga ko„ra yirik, o„rta va mayda bo„ladi. G„ujum 
o„sishi davrida yashil rangli va og„izchali bo„ladi. Uning po„st xujayralarida xlorofill 
bor, Shuning uchun ularda fotosintez protsessi boradi. Pishish davriga kelib fotosintez 
qobiliyati keskin pasayadi. Pishgan g„ujum naviga qarab har xil rangli: oq, pushti, qizil, 
kul rang, qora va shu ranglar orasidagi o„tkinchi rangda bo„ladi. 


28 
Uzumning urug„i mayda, noksimon shaklda, yuqori qismi yumaloq va pastki 
qismi tumshuqqa o„xshab cho„zilgan bo„ladi. Tashqi tomondan pishiq po„st bilan 
qoplangan. Bu po„st tagida endospyerm va murtak bo„ladi. Endospyerm urug„ unib 
chiqayotgan vaqtda murtak foydalanadigan oziq moddadir. Agar, barcha urug„kurtaklar 
urug„lansa, mevada 4 ta urug„, lekin ko„pincha 2-3 ta urug„ bo„ladi, Chunki barcha 
urug„ kurtaklar urug„lanmaydi. Urug„siz mevalar ham uchraydi, bu tugunchaning 
urug„lanishi va murtak xaltachasining rivojlanish xarakteriga bog„liq. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin