38
Tok ekini ishlab chiqarishda asosan vegetativ yo„l bilan qalamchasidan
ko„paytiriladi. Qalamchalar kuzda bir yillik novdalar pishgandan so„ng, tokni kesish
paytida tayyorlanadi.
Tok qalamchalari maxsus ona tokzorlardan tayyorlanadi.
Qalamchalar kasallanmagan me‟yoriy talablarga javob beradigan bir yillik
novdalardan tayyorlanadi. Xo„jalik uchun kerakli bo„lgan aholi talabiga javob
beradigan uzum navlaridan ko„paytiriladi.
Novdalarning yuqorigi, juda ingichka, yomon pishgan qismidan qalamcha
tayyorlanmaydi. Hosil bermaydigan novdalardan bu maqsad uchun foydalanib
bo„lmaydi. Qalamchalarning uzunligi 50-60 sm, vinobop navlar uchun esa 40-45 sm
bo„ladi.
Tok kuchli o„stirilganda qalamcha ikki marta ko„p uzunlikda 100-120
sm dan qilib tayyorlanadi, bunda ular o„tqazishga tayyorlanayotganda teng ikkiga
bo„linadi.
Dostları ilə paylaş: