36
yopish mumkin, qurib qolmasligi uchun yerning yuqori qatlamini vaqti-vaqti bilan
sug„orib turish lozim.
Qalamchalar pastki qismining 17-20
o
C gacha isishi natijasida kesilgan joyda
sarg„ish-oq g„urra shaklida kallus hosil bo„ladi, bu ildiz bog„lang„ichi hisoblanadi.
Kilchyovkalash 12-15 kun davom etadi. Qalamchalarni
uzoq kilchyovkalash
yaramaydi, Chunki rivojlangan ildizchalar oson sinib ketishi mumkin. Qalamchalar
kilchyovkalangandan so„ng oftobda saqlash mumkin emas, ularni darhol ko„chatzorga
o„tkazish lozim.
Ildiz hosil bo„lishini tezlashtirish uchun kilchyovkalashdan so„ng qalamchalar
o„stiruvchi moddalarni suvli yeritmasida 24 soat davomida ho„llanadi. Getyeroauksin
(1 l suvga 200 ml yeritiladi), indolil moy kislota (1 l suvga 70 mg yeritiladi) yoki
naftil sirka kislota (1 l suvga 50 mg yeritiladi) eng yaxshi hisoblanadi. Bunda
yeritmaning harorati 22-23
0
C dan ortmasligi kerak. Qalamchalar
soyada sirli yoki
yog„och idishlarda ho„llanadi. Bu maqsad uchun oziq moddalar (Knopp aralashmasi)
yoki mikroelementlar: marganets (1 l suvga 8 mg yeritiladi) rux (1 l suvga 4 mg
yeritiladi) ham ishlatiladi.
Qator orasini ishlash oson bo„lishi uchun qalamchalar qatorlar orasi 80-90 sm li
jo„yaklar olinib, bu jo„yaklarga qalamchalar orasini 10-15 sm qilib 30
0
C qiyalikda
o„tqaziladi. Bir gektar ko„chatzorga 125 mingdan 200 mingtagacha qalamchalar
joylashtiriladi.
Ko„chatzorga qalamchalar ekilgandan so„ng tezda sug„oriladi. Qalamchalar
o„tkazilgandan so„ng birinchi oyda har 5-6 kunda, ikkinchi va uchinchi oylarda (may-
iyunda) har 10-15 kunda sug„oriladi. Iyul va avgust oylarida 2 martadan sug„oriladi.
Bahor va Yoz davrlarida kamida 12-15 marta sug„oriladi.
Ko„chatzorni Yoz bo„yi parvarish qilish sug„oriladigan egatlar olish, sug„orish,
xar bir sug„orishdan so„ng qator oralarini
kultivator bilan yumshatish, 3-4 marta
chopiq qilish bilan bir vaqtda qatorlardagi begona o„tlarni yo„qotish, mineral o„g„itlar
bilan ikki-uch marta oziqlantirish, kuchli novda bachkilarini rivojlantirish uchun
asosiylarini chilpishdan iborat. Tok ko„chatzori bir necha marta o„g„itlanadi. Birinchi
marta
mayning oxirgi kunlarida, ikkinchi marta iyunda, uchinchi marta iyul oyida
oziqlantirishda 1 ga tok ko„chatzoriga 20 kg azot (ta‟sir qiluvchi modda) solinadi.
Ko„chatzordagi navlar aralashmasini ajratish uchun Yoz oxirida (avgust-sentyabrda)
aprobatsiya qilinadi. Aralash navlarni yer ustki qismi yerga yaqin qilib tok qaychisi
bilan kesiladigan yoki yaxshi bilinadigan bo„yoq bilan belgilanadi va kovlab olishda
navlarga ajratiladi. Kuzda oktyabrning ikkinchi yarmida ko„chatlar kovlab olinadi va
navlarga ajratiladi.
1 gektar ko„chatzordan o„rtacha 50 ming tup birinchi nav ko„chat olish mumkin.
Navlarga ajratilgan ko„chatlar 25-50 tadan qilib bog„lab,
qishda saqlash uchun
37
chuqurga har bir qatoriga nam tuproq solib, qatorlab joylanadi. Har bir nav alohida
o„raga joylanadi.
Dostları ilə paylaş: