40
Tokzor ko„p yillar uchun bir marta barpo qilinadi. Uning hosildorligi, uzoq
yashashi va syermahsulligi ko„p jihatdan uni to„g„ri tashkil qilishga bog„liq. Tok
o„tqazishda yo„l qo„yilgan xatolar o„simlikning kelgusi holatida ba‟zan bir necha yildan
so„ng
seziladi, lekin bu vaqtda ularni tuzatish qiyin bo„ladi yoki tuzatib bo„lmaydi.
Shuning uchun, tokzor qat‟iy ishlab chiqilgan reja asosida barpo etiladi, bu rejadagi
vazifalar, joyning tuproq-iqlim щaroiti tokning biologik hususiyatlari va tashkiliy xo„jalik
sharoiti hisobga olingan holda tuziladi. Bundan tashqari; tok ko„chatlarini o„tkazishdan
oldin navlarni tanlash va joylashtirishga, tup qalinligi va ko„chat o„tqazish texnikasiga
katta ahamiyat beriladi.
Bundan tashqari, uzum mevasining tashishga noqulayligi hisobga olinib, tokzorlar
qayta ishlash korxonalariga, magistral yo„llarga yaqin bo„lgan joylarda, ko„p qo„l
mehnati sarf qilishini hisobga olib aholi yashaydigan joylardan uzoq bo„lmagan
maydonlarda barpo etiladi.
Tokzor uchun joy
tanlashda tuproqning xossalari, sizot suvlarining joylanish
chuqurligi, joyning relefi, yon bag„irlar ekspozitsiyasi, suv havzalarining yaqin-uzoqligi,
shamoldan himoya qiladigan polasalarning mavjudligi va boshqa sharoitlar hisobga
olinadi. Tekis relefli maydonlardan foydalanish uchun juda qulay, Chunki ko„chatlarni
mexanizatsiya yordamida parvarish qilish oson bo„ladi. Tekisliklarda tokzorlar doimiy
oqib turadigan suv manbalariga yaqin bo„lgan joylarda barpo etilishi kerak. Qulay
sug„orish uchun 0,004-0,008° qiyalik bo„lsa, ya‟ni maydon uzunligining har ming m ga
4-8 m qiyalik to„g„ri kelsa, eng yaxshi yon bag„ir bo„ladi. Tokzor uchun joy tanlashda
tokning tuproq sharoitiga va shamol rejimiga bo„lgan talablarini hisobga olish lozim.
Yuqorida aytib o„tilganidek tok turli xil tuproqli yerlarga,
Shuningdek boshqa qishloq
xo„jalik ekinlari uchun kam yaroqli bo„lgan joylarda ham oson moslashadi. Uning bu
hususiyatidan qumliklarni mustaxkamlashda, tog„lar va tog„ etaklaridagi toshli-tuproqli,
shag„altoshli, sizot suvlar yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarni o„zlashtirishda
foydalaniladi.
Tokzor maydoni yer tuzish ishlari bilan bir vaqtda xo„jalikning barcha tarmoqlarini
rivojlantirishning istiqbolli rejasiga muvofiq barpo etiladi. Ko„chatlar siyrak bo„lib
joylashmasligi uchun yaqin uch-besh yilda tokzor barpo etish rejasi tuziladi va har yili
ko„chat ekish tartibi bilan boshlanadi. Ko„chatlarni yoppasiga ekish (eski bog„larni
hisobga olganda) mashinalarning, materiallarning, ishchi kuchining bekorga ortiqcha
sarflanishining oldini olishga imkon beradi, ishchi brigadalarini boshqarishni,
hosilni
qo„riqlashni va shunga o„xshashlarni engillashtiradi. Tokzordagi ishlarni qiyinligini
hisobga olib, maydonlarni aholi yashaydigan punktlarga yaqin joylardan ajratish ma‟qul.
Uzoqdagi tokzorlarda dala shiyponlari qurish lozim. Tokzordan temir yo„l
stansiyalarigacha qulay yo„l bo„lishi juda muhim.
41
Tokzor uchun joy ajratilgandan so„ng rejada bo„limlar chegarasi, xo„jalik
qurilishlari (navlarga ajratish va joylash bostirmalari, qurilish maydonlari, omborlar va
boshqalar) uchun joy belgilanadi, kvartal va kartalarning kattaligi,
shakli aniqlanadi,
sug„orish va zovur tarmoqlari, yo„llar, tokzorni himoya qiluvchi daraxtzorlar loyihasi
tuziladi. Reja tuzishda navlarning tarkibi va ularni joylashtirish, olinadigan mahsulotdan
foydalanish, zanglarni parvarish qilish tizimi, ko„chat ekish qalinligi, agrotexnika va
shunga o„xshashlar aniqlanadi.
Katta tokzorlar maydoni (ixtisoslashgan xo„jaliklarda) 350-500 ga va undan ortiq
keladigan bo„limlarga ajratiladi. Maydonlarni ishlash oson bo„lishi uchun ular
kvartallarga, kvartallar esa, o„z
navbatida, kartalarga bo„linadi. Kartalar asosiy maydon
birligidir. U yo„llar oralig„idagi 3-5 ta maydonni egallaydigan yaxlit tokzorlardan iborat.
Tekis joylarda kartalar to„g„ri burchakli shaklda bo„ladi, hosilni va kesilgan zanglarni olib
chiqib ketish qiyin bo„lmasligi uchun uning kengligi ko„chat ekilgan qatorlar bo„ylab 100
m dan oshmasligi lozim. Kartalarning uzunligi (300-500 m) ko„ndalang qatorlarga qarab
aniqlanadi. Kartalar orasida tok qatorlariga tik qilib 5 m kenglikda yo„l qoldiriladi.
Har bir kvartal 3-5 ga kartalardan iborat bo„ladi. Kvartallar orasida qatorlar bo„ylab
8 m kenglikda asosiy yo„l qoldiriladi, bu yo„l yerni ishlash vaqti traktorning aylanishiga,
transport o„tishi va sug„orish tarmoqlarini joylashtirishga imkon beradi. Past baland
joylardagi kvartal va kartalar kichikroq bo„lishi mumkin.
Tok ekiladigan qatorlar kelgusida sug„orish egatlari bo„ylab, imkon bo„lsa, shamol
esadigan tomon bo„ylab joylashtiriladi. Tog„li hududlarda tokzorlar qatori yon
bag„irlarga ko„ndalang qilib olinadi, bundan maqsad tuproqning yuvilib ketishi va
yog„in-sochin suvlarining oqib ketib nam yo„qolishi oldini olishdir. Doimiy sug„orish
kanallari kvartallar chegarasi bo„ylab vaqtincha sug„orish tarmoqlari (o„q ariqlar) esa
kartalar orasidagi yo„l bo„ylab kovlanadi. Bunda ariqlar yerni mexanizatsiya yo„li bilan
ishlashga xalaqit byermasligi hisobga olinadi.
Toklarni shamolning zararli ta‟siridan himoya qilish uchun tokzorlar atrofiga ixota
daraxtlari o„tqaziladi. Ularni tok o„tqazishdan 2-3 yil oldin o„tqazish maqsadga muvofiq,
Chunki yosh daraxtlar tokni shamoldan himoya qila olmaydi. Hech bo„lmaganda bu ish
tok o„tqazish yilida bajariladi. Ihota daraxtlari yoki o„rmonlar cheti balandlik yerlarda
tokzorlarning tashqi chegarasida,
suv havzalari chegarasida, jarliklar, katta yo„llarning
shamol doim esib turadigan chegarasida bo„lishi kerak. Ixota daraxtzorlarining kengligi
joyning relefi va shamolning kuchiga bog„liq. Odatda bunday polosalar 5-6 qator ekilgan
daraxtdan iborat bo„ladi. Baland o„sadigan va uzoq yil yashaydigan, nisbatan sekin
o„sadigan daraxt navlari polosalarga tez o„sadigan va ularga etib oladigan navlar bilan
galma-galdan almashtirib o„tqaziladi. Yorug„sevar daraxtlar polosalar chekkasiga, soyaga
chidamlilari esa o„rtasiga o„tqaziladi. Ixota daraxtlarining oxirgi qatori tok tupidan 10-12
m uzoqda bo„lishi kerak, aks holda ularni yaqin bo„lishi tokni zaiflashtirib qo„yadi.
42
Uzum navlarini tanlashda birinchi navbatda xo„jalik hududining tuproq-iqlim
sharoiti, yo„nalishi hisobga olinadi. Umuman, O„zbekistonda 27 xil xo„raki va mayizbop
navlar, 25 xil vinobop navlar o„stiriladi. Respublikamiz uchun umumiy ko„rsatkich,
uzumchilik xo„jaliklarida 65% maydonga mayizbop navlar, 25% maydonga xo„raki
navlar va 10-15% maydonga vinobop navlarni ekish tavsiya etiladi. Lekin, bu
ko„rsatkichlar ayrim xo„jaliklarda nisbatan o„zgarib turadi.
Assortiment tanlashda funksional urg„ochi tip gulli navlar normal hosil berishi
uchun ularning bir-ikki qatoridan so„ng bir qator changlovchi nav o„tqaziladi.
Standart
navlardan Charos, Nimrang, Kattaqo„rg„onda funksional urg„ochi guli bo„ladi. Charos
navi
uchun Qora kishmish, Pushti Parkent, Pushti toyfi, Chillaki, Rkatsiteli; Nimrang
navi uchun Qora kishmish, Pushti toyfi, Sapyeravi; Kattaqo„rg„on navi uchun Qora va
Oq kishmish, Pushti toyfi, Sultoni, Vassarg„a, Sapyeravi eng yaxshi changlovchi bo„ladi.
Tokning shu navlar bilan bir vaqtda gullaydigan boshqa navlari ham changlovchi bo„la
oladi.
Dostları ilə paylaş: