Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
 
 
4

TOK EKININI KO„PAYTIRISH VA TOK KO„CHATZORINI 
TASHKIL QILISH
 
4.1. Tokni ko„paytirish usullari 
 
Tayanch iboralar - Tokni ko„paytirish, urug„idan, vegetativ yo„l bilan, 
qalamchasidan, parxish, payvand yo„li bilan, ona tokzorlar, qalamcha tayyorlash, 
saqlash, ko„chatzorga qalamchalarni ekish, parvarishlash, ko„chatlarni saqlash, 
tokzorga ekishga tayyorlash. 
Tok ekini urug„idan va vegetativ yo„l bilan ko„paytiriladi. Ishlab chiqarishda tok 
asosan vegetativ yo„l bilan (qalamchasidan, parxish yo„li bilan va payvand) 
ko„paytiriladi. Urug„idan ko„paytirilganda tok ekini sekin o„sib, sekin rivojlanadi
hosilga kech kiradi (7-8 yilda) va o„tgan avlodlarining belgi va hususiyatlarini 
yo„qotadi. Shuning uchun, bizning sharoitimizda ishlab chiqarishda faqat vegetativ 
yo„l bilan, qalamchasidan ko„paytiriladi. 
O„zbekiston sharoitida qalamchalar asosan xo„jalik ahamiyatiga ega bo„lgan 
uzumzorlarda etishtiriladi, bunda ko„pincha bir maydonga juda ko„p navlar 
joylashtiriladi. Bir gektar tokzordan odatda 10-15 ming ta qalamcha tayyorlanadi. Har 
qanday tokzorlar qalamcha tayyorlanadigan asosiy joy bo„la olmaydi, Chunki sifatli 
ko„chat tayyorlash ishini og„irlashtiradi va murakkablashtiradi, Shuningdek tok 
ko„chatlarini to„la ta‟minlay olmaydi. Shuning uchun, ko„chat etishtirish bilan 
shug„ullanadigan xo„jaliklarda sof nav qalamcha tayyorlanadigan tokzorlar butun 
o„suv davri davomida e‟tiborda bo„lishi lozim. 
Qalamcha tayyorlanadigan tokzorlar butun o„suv davri davomida suv bilan 
yaxshi ta‟minlanishi mumkin bo„lgan joylarda barpo etilishi lozim. 
R.R.Shredyer nomidagi O„zbekiston BUVIIBning Samarkand filiali tavsiyasiga 
ko„ra (R.R.Soldatov), qalamcha tayyorlanadigan tokzorlar agrotexnikasi quyidagicha 
bo„lishi kerak: tok tuplarining oziqlanish maydoni 2,5x2,5 m bo„lishi lozim. Tok 
o„stirish usuli-5 qator simli, balandligi kamida 3 metr bo„lgan vertikal simbag„azga 
olishdan iborat. Tok tupiga ko„p zangli elpig„ichsimon shakl beriladi. Novdalari 3-5 ta 
kurtak qoldirib kesiladi. Tokni kesishda 140-150 ta kurtak qoldiriladi. To„pgul paydo 


32 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin