33
juda bo„lmaganda vaqtincha nam yerga ko„mib qo„yish kerak. Bir necha xil tok
qalamchalarni tayyorlashda ishchi faqat ma‟lum nav qalamchalarni kesadi va har bir
nav qalamchalar alohida-alohida bog„ qilib bog„lanadi.
Tokzorlarda tayyorlangan qalamchalar sof navli va yuqori sifatli bo„lishi uchun
hosil yig„ishtirib olinguncha aprobatsiya va yalpi seleksiya o„tkaziladi, ya‟ni yaxshi
tokzorlar tanlanadi, u yerda har bir tup tok aniqlanadi va belgilab qo„yiladi. Bir xil
navga kiruvchi toklarning yaxshi va yomon belgilariga qarab ajratiladi. Tuplarga baho
berishda novdalardagi har xil rangli yoki har xil shakldagi belgilar, turli raqamlar va
shunga o„xshashlar asosida belgi qo„yiladi.
Xo„jalik miqyosida ko„chatzor barpo etish uchun sifatli sof navli ko„chatlar
etishtirish, Shuningdek mavjud ko„chatzorlardagi kam hosil toklarni serhosillari bilan
almashtirish natijasida hosildorlikni oshirish maqsadida
yoppasiga seleksiya
o„tkaziladi.
Yalpi seleksiya ishlari ko„chatlar navining sofligiga qarab, yomon xossali,
uncha yaxshi bo„lmanganlarining, foydali xossalarga ega bo„lgan ko„chatlarning esa
yaxshi belgilari bo„yicha o„tkaziladi. Agar tokzorda asosiy standart navning
hosildorligi 75% dan kam bo„lsa, tuplarning umumiy xolati va hosildorligi yaxshi
bo„lsa, yomon va aralash xossali tuplarni belgilash qulay bo„ladi.
Bunday holda
qalamchalar belgilanmasdan tayyorlanadi. Aralash navlar kam bo„lgan tokzorlarda
belgilangan tuplarni kovlab olish va hosil bo„lgan chuqurlarga qo„shni tuplardan
parxish novdalar yotqizish yo„li bilan bir yildayoq sof navli qalamchalar
etishtiriladigan tokzorlarga aylantirilishi mumkin.
Agar tokzorda bir vaqtning o„zida bir necha navning qalamchalari tayyorlansa,
har bir nav uchun har xil shakldagi yorliqlardan foydalanadi. Yalpi seleksiya
o„tkazilganda tok tuplari har yili belgilanadi, bunda sim bilan osilgan yorliqlar uch-
besh yil saqlanadi.
3 yil mobaynida juda hosildor deb belgilangan
toklardan qalamcha alohida
tayyorlanadi. Ular qalamcha etishtiriladigan seleksion tokzorlar uchun ko„chat bo„la
oladi . Yorliqlarni zanglarda bir necha yil davomida saqlash, Shuningdek tanlashda
belgilangan tuplarni yo„qotmaslik muhimdir. Buning uchun har bir tup haqida
ma‟lumot Yoziladi.
Tayyorlangan qalamchalar o„tqazilguncha shamoldan to„silgan sizot suvlari
ko„pi bilan 1,5-2,0 m yuzada bo„lgan va chetroq joylardan maxsus o„ra chuqurlarda
saqlanishi lozim. O„ralarning chuqurligi 65-70 sm, kengligi va uzunligi saqlanadigan
qalamchalar soniga (1 m yuzaga 2,5 mingta qalamcha hisobda) bog„liq bo„ladi. Tok
qalamchalarini joylashdan oldin chuqurlarga suv qo„yiladi.
Suv shimib ketgandan
so„ng qalamchalar bog„-bog„ qilib, naviga qarab, vertikal ravishda pastki qismini
yuqoriga qaratib joylanadi. Bog„lar va qalamchalar orasidagi bo„sh joylarga yumshoq
34
tuproq sepiladi. Har bir nav tok qalamchalari uchun alohida o„ralar kovlash kerak yoki
navlar bir-biridan keng yer to„siq bilan ajratiladi. Joylangan qalamchalar 40 sm gacha
qalinlikda tuproq bilan bekitiladi. Chuqurda yerigan muz yoki yomg„ir suvlari
siljimasligi uchun uning atrofida suv oqib ketadigan ariqlar kovlanadi. Chuqur
bekitilgandan so„ng navni nomi va qalamchalar soni Yozilgan yorliqli qoziqlar qoqib
qo„yiladi. Qalamchalar chuqurda erta bahorgacha saqlanadi. Ularni joylash bilan bir
vaqtda chuqurning yo„nalishi, qalamcha bog„larini naviga
qarab joylash tartibi va
qalamchalar soni daftarga Yozib boriladi.
Bahorda chuqurlar ochiladi va qalamchalar tekshirib chiqiladi. Yaxshi
saqlangan qalamchalar ko„chatzorga o„tqazish uchun yuboriladi, mog„or bosgan,
qurib qolgan kurtaklari bilan birga muzlab qolgan qalamchalar yaroqsiz deb topiladi.
Dostları ilə paylaş: