3.3.Tok ekini qismlarining o„sish va rivojlanishini boshqarish Tok ekini uzoq vaqt moslanish jarayonida yo„qolgan qismlarini osongina
tiklanish hususiyatiga ega bo„ldi. Yer usti qismining mustahkam bo„lishligi va uzoq
yashamasligi sababli oziq moddalar tokning asosan ildizida to„planadi. Zangda oziq
moddalar bo„g„imlarida va diafragmada to„planadi va Yozilayotgan kurtaklar hamda
novdalar o„sa boshlagan davrda oziq bo„lib xizmat qiladi.
Tok ekini qismlarining o„sishi va rivojlanishiga tashqi muhit omillari va
qo„llanilayotgan agrotexnologik jarayonlar ta‟sir ko„rsatadi.
Muhokama uchun savollar: 1.
Tokning yer ostki qismlariga qaysilari kiradi va ularning tuzilishi qanday?
2.
Tokning yer ustki qismlariga qaysi qismlari kiradi, ularning tuzilishi va
rivojlanishi qanday?
3.
Tok gullari qanday tiplarga bo„linadi va funksional urg„ochi gulli uzum
navlariga qaysi navlar kiradi?
4.
Uzum mevasi qanday meva, nav belgisiga qarab uzum mevalari qanday
tuzilishga, rangga va shaklga ega?
5.
Tok urug„ining tuzilishi va tuzilishdagi o„ziga xos xususiyatlari?
1- amaliy mashg„ulot. Tokning yer ostki va yer ustki qismlarining tuzilishi va rivojlanishi Ishning maqsadi: Talabalarni tok ekini yer ostki qismi ildiz tizimining
morfologik tuzilishi va rivojlanishi hamda yer ustki qismlari tuzilishi va rivojlanishi
bilan tanishtirish.
Materiallar va jihozlar: 1. A.A.Ribakov va boshqalar “O„zbekiston uzumchiligi”, Toshkent, 1969.
2. Sh.Temurov. «Uzumchilik». Toshkent, 2002 y.
29
3. Ампелография Узбекистана, Т., 1989.
4. Г.С.Морозова. Виноградарство с основами ампелографии (практический
курс). Москва, 1978 г.
5. Tok tupining ko„rinishi, rangli jadvallar, har xil uzum navlari konservalari.