22
3. TOK EKININING TASHQI TUZILISHI. MORFOLOGIYASI
3.1.Tok yer osti qismlarining (ildizlarining) tuzilishi va rivojlanishi
Tayanch iboralar - Tokning yer ostki qismlari, tokning kundasi, yer tok, voish,
so„rilarda o„stirish, tok ildizlari, yuza-shudring shimuvchi ildizlar, yon ildizlar, asosiy
ildizlar
,
popuk ildiz, o„q ildiz, skelet va o„suvchi ildizlar,
ularning morfologiyasi,
rivojlanish xususiyatlari.
Tok ekini ko„p yillik daraxtchil ekin bo„lib, boshqa daraxtchil ekinlardan
o„zining barqaror shakliga ega emasligi bilan farq qiladi.
Tokning qismlarini o„zaro
bog„liqligini va tashqi omillar ta‟sirida o„zgarishini bilgan holda etishtirishning ilmiy
agrotexnikasini keng ishlab chiqish mumkin.
Tokning kundasi o„stirish usuliga qarab har xil balandlikda bo„lishi mumkin.
Masalan, yer tok holida o„stirilganda 30-50 sm, voish va so„rilarda o„stirilganda esa 2-3
m gacha va ortiq bo„lishi mumkin. Ko„p
yillik novdalari, ya‟ni qo„llari shakl berish
usuliga qarab 5-6 va 7-8 tagacha bo„lishi mumkin. Bir yillik novdalari esa boshqa
daraxtchil ekinlardan farqli o„laroq bir necha metrgacha o„sishi mumkin.
Tokda jami
qoldirilgan ko„zlar 100% deyilsa, shularning 70% gachasi ko„karib chiqadi va ko„k
novda beradi. Barcha ko„kargan novdalarni 100% desak, xo„raki navlarda 30-32%
hosildor shoxlar, vinobop navlarda esa 60% gacha hosildor shoxlar bo„ladi. Tokning yer
osti qismlariga ildizlari kiradi. Ildizlarning asosiy vazifasi tuproqdan suv va oziq
moddalarni o„zlashtirib, yer ustki qismlariga yyetkazib berishdir. Bundan tashqari,
fotosintez hodisasi uchun zarur bo„lgan karbonat angidrid
gazini ham ildizlari orqali
yetkazib beradi. Tok ildizlari kuchli o„sganligi, chuqur kirib borishi va so„rish
kuchining yuqoriligi bilan boshqa daraxt ekinlaridan farq qiladi. Tokning
qurg„oqchilikka chidamliliga asosan ildizlari ta‟sir ko„rsatadi. Tok ildizlari vegetativ
yo„l bilan qalamchalaridan ko„paytirilganda popuk ildiz holida o„sadi, agarda urug„idan
ko„paytirilsa o„q ildiz holida rivojlanadi. Tok ildizlari 3 kismga bo„linadi: yuza-
shudring
shimuvchi ildizlar, yon ildizlar va asosiy ildizlar. Yuza ildizlar yer osti
kundasining yuqori qismida paydo bo„ladi, asosan tuproqning yuza, haydalma qavatida
joylashadi. Ular kalta va nozik bo„ladi, har yili paydo bo„lib tuproqning yuza qismida
joylashadi. Yon ildizlar yer osti novdasidan rivojlanib, gorizontal holda rivojlanadi, ular
nisbatan uzunroq bo„ladi. Asosiy ildizlar esa eng chuqurda joylashgan bo„lib, asosiy
vazifani bajaradi. Tokda asosiy ildizlarni kuchli o„stirish uchun tajribada yuza ildizlari
olib tashlanadi. Tok ildizlari bir necha tartibgacha shoxlanadi I,II,III va h.k.
Tok ildizlari tuzilishiga ko„ra va bajaradigan funksiyasiga
qarab skelet va
o„suvchi ildizlarga bo„linadi. O„suvchi ildizlar esa Yosh, popuk holda, nozik, oq rangda
23
bo„ladi va tuproqdan suv va oziq moddalarni o„zlashtirib oladi va ularda organik
moddalar sintezlanadi.
Ildizlarning rivojlanishiga tuproq sharoiti katta ta‟sir qiladi. Yumshoq va
unumdor tuproqli yerlarda
ular yaxshi rivojlanib, unumsiz shag„al-toshli, sho„rlangan
va botqoq tuproqli yerlarda ildiz tizimi zaif rivojlanadi. Yerni ekishdan oldin sifatli
tayyorlash tok ildiz tizimining tez o„sishiga yordam beradi. Yerni chim bosishi, kichik
me‟yorda tez-tez sug„orib turish qator oralarini yuza yumshatish,
ildizlarni yuza
qavatida rivojlanishiga sabab bo„ladi. Yerni chuqur ishlaganda ular uzilib ketishi
mumkin. O„g„itlangan tuproqlarda ildizlar, o„g„itlanmagan tuproqlarga nisbatan kuchli
rivojlanadi.
Shunday qilib, yerni tegishlicha ishlash, sug„orish, o„g„itlash va boshqa
agrotexnika tadbirlarni bajarish tufayli ildizlarning o„sishi va faoliyati uchun va binobarin
tupning yaxshi o„sishi, yuqori hosil olish uchun qulay sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: