49
Toklarni vertikal simbag‘azlarda o‘stirish.
Bu o„stirish usuli dunyoning barcha
uzumchilik hududlarida keng tarqalgan. Tok shu usulda o„stirilsa, tupining o„sishi va
hosil berishi, Shuningdek agrotexnika tadbirlarini (changlash, xomtok qilish, kasallik
va zararkunandalarga qarshi kurashish va boshqlarni) amalga oshirish va ayniqsa
tokzor yeriga ishlov berishni mexanizatsiyalashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi.
O„zbekiston sharoitida bu usul tokning barcha navlari
uchun tavsiya etilgan
bo„lib, bog„dorchilik-uzumchilik xo„jaliklarida keng tarqalgan.
Vertikal simbag„azlar-ning uchta xili bor: soyabonsiz,
soyabonli va ikki
tomonli. Soyabonsiz vertikal sim-bag„azlar eng ko„p tarqalgan. Unda tuplar vertikal
ko„milgan ustunlarga tortilgan 3-4 qator simga bir tekis taraladi. Ammo,
O„zbekistonning issiq iqlim sharoitida tok sug„orib o„stirilsa, kuchli o„sadigan navlar
soyabonsiz so„rida quyosh enyergiyasidan maksimal foydalana olmaydi. Bunday tok
navlari qatorlar o„rtasiga yo„naltirilgan soyabonli so„rida o„stirilgani ma‟qul. Rizamat
Musamuxamedov taklif etgan bu usul ishkomda va voish usulida o„stirishning yaxshi
tomonlari saqlanib qolinib, kamchiliklari bartaraf etilgan.
Dostları ilə paylaş: