74
gullagandan keyin etilgan barglarning chetlari sarg„ayadi yoki och-jigarrang tus
oladi. Barg chetlari bo„ylab qo„ng„ir dog„lar
rivojlanadi, ular bir-biriga qo„shilib,
katta, zang-qo„ng„ir tusli va noto„g„ri shaklli dog„lar paydo qiladi. Mevasi qizil
navlarning barglarida ravshan-qizil tusli dog„lar hosil bo„ladi. Zararlangan qismlari
asta-sekin quriydi. Quruq ob-havoda kasallik tez rivojlanadi. Kasallik belgilari Mg
yetishmasligining belgilari bilan birga rivojlanadi. Pastki barglar to„kiladi. Yoz
boshida nordon tuproqlarda yuqoridagi belgilarning barchasi kuzatilishi mumkin, bu
esa kasallik sababini to„g„ri aniqlashni qiyinlashtiradi.
Zararlangan toklarda uzum
boshlari kam hollarda pishib etiladi, novdalar ham pishmay qoladi va qishda nobud
bo„ladi.
Temir
yetishmasligi (temir xlorozi, ohak xlorozi) ko„pincha tuproqda ohak
ko„p bo„lgan mintaqalarda uchraydi. Oldin barg chetlari, keyin tomirlari orasi oqish
tus oladi. Barglar qurishi va to„kilishi mumkin. Hosil tugilishi kamayadi.
Temir
o„ta yetishmasligi odatda sovuq va nam tuproqda (bahorda) kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: