Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127
Kasallik belgilari.
Tokning barcha yashil qismlari zararlanadi. Barglar 
tomirlar orasida, oldin sarg„ish, moysimon, so„ngra qizg„ish - qo„ng„ir, qirrali, 
kengligi 2-3 sm keladigan, ba‟zan atrofida xlorozli dog„lar paydo bo„ladi. Yuqori 
namlikda bargning ostki tomonida ustidagi dog„larning qarshisida, mayin, qalin, 
zich, baroq, oq tusli mog„or qatlami rivojlanadi. Bu qatlam qo„zg„atuvchi 
zamburug„ning sporangiofora va sporangiylaridan iborat bo„lib, ular qo„zg„atuvchi 
uzum bog„ida tarqalishi, novda, gul va mevalarning zararlanishi va qishlashi uchun 
muhim manbaa hisoblanadi. Kuchli zararlangan barglar ko„pincha to„kiladi. 
Natijada uzumda qand moddasi kam hosil bo„ladi va qishlovchi kurtaklarning 
sovuqqa chidamliligi kamayadi. 
Zararlangan yashil novdalarda
qo„ng„ir, biroz botiq dog„lar paydo bo„ladi. 
Novdaning uch qismi zararlanganida u yo„g„onlashadi, qing„ir-qiyshiq bo„lib 
qoladi, yuqori namlik sharoitida usti oq qatlam bilan qoplanadi (bunday novda 
“bayroq novda” deb ataladi), oxiri qo„ng„ir tus oladi va nobud bo„ladi. Bunga 
o„xshash belgilar barg bandi, gajaklar, Yosh to„pgullar va gul bandlarida ham 
rivojlanadi va ularni nobud qiladi. 
Meva tugunchalari va g„o„ralar kuchli zararlanadi, usti noaniq kulrang tus 
oladi va baroq g„ubor bilan qoplanadi. Vaqt o„tishi bilan uzumning kasallikka 
chidamliligi ortadi, ammo qo„zg„atuvchi zamburug„ etilgan mevaga zararlangan 
shingilning o„qlaridan o„tishi va zararlashi mumkin. Zararlangan mevalarda g„ubor 
hosil bo„lmaydi, ular qo„ng„ir tus oladi va chiriydi. Zararlangan mevasi oq uzumlar 
noaniq-kulrang-yashil, mevasi qoralari esa nimrang-qizgish tus oladi. Sog„lom 
uzumdan farqli o„laroq zararlanganlari yumshamaydi, eti qattiq bo„lib qoladi, 


71 
ularning ayrimlari yoki butun uzum bosh to„kilib ketishi mumkin.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin