Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   127
Kurash choralari.
Un-shudringga qarshi tavsiya qilingan barcha agrotexnik 
va tashkiliy chora-tadbirlarni qo„llash lozim. Ekish uchun faqat sog„lom 
qalamchalar ishlatish, ularni ekishdan oldin temir sulfatining 10% li yoki 
nitrafenning 3% li yeritmasiga botirish; yangi tokzorlar yaratishda nihollarni 
yerosti suvi yaqin joylarga ekmaslik kerak. Antraknozga qarshi ishlatish uchun 
O„zbekistonda qo„yidagi fungitsidlar ruxsat etilgan: Bordo suyuqligi (mis kuporosi 
bo„yicha 10-15 kg/ga, 1% li yeritma), Vektra 10% sus.k. (0,3 l/ga), ohak-
oltingugurt qaynatmasi (0,5-1°), temir kuporosi 53% e.kuk. (30-40 kg/ga, daraxt 
kurtak yoyguncha va ostidagi tuproqqa 2-3% li yeritma) va Folikur BT 22,5% 
em.k. (0,25 l/ga). 
Tajribalarda
 
Alto Supyer 33% em.k. (0,3 l/ga), Impakt 25% em.k. (0,2 l/ga), 
Vektra 10% sus.k. (0,3 l/ga), Bampyer 25% em.k. (0,25 l/ga) va Torso 22,5% 


70 
em.k. (0,15 l/ga) fungitsidlari antraknozga qarshi yuqori (barg va mevada 89,5%, 
poyada 95% gacha) samara byergan.
Kuzda barglar to„kilgandan va tok kesilgandan keyin yoki bahorda kurtaklar 
Yozilishidan oldin tokka 1,5% li DNOK (100 l suvga 1,5 kg) yeritmasiga 2-3% 
(100 l suvga 2-3 kg) №30 preparatini qo„shib purkash yoki temir sulfatning 10% li 
yeritmasini sepish lozim. Bahorda yosh novdalar uzunligi 5-10 sm ga etganida 
yoki 2-3 barg paydo bo„lishi bilan Bordo suyuqligi yoki boshqa samarali fungitsid 
purkash va kasallik rivojlanishini hisobga olgan holda, lozim topilsa ishlovni 7-10 
va 14-20 kundan keyin takrorlash tavsiya qilinadi. 
Tokning soxta un-shudring (mildyu) kasalligi. 
Kasallik qo„zg„atuvchisi 
kosmopolit, barcha uzum ekiladigan mamlakatlarda, jumladan Markaziy Osiyoda 
ba‟zi yillari Turkmanistonda uchraydi. O„zbekistonda soxta un-shudring uzumda 
birinchi marta Sirdaryo viloyatida 1993 yilda qayd etilgan. Keyingi yillarda (2001-
2003) kasallik Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida, ba‟zan 
katta maydonlarda kuzatilmoqda. 


Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin