70
em.k. (0,15 l/ga) fungitsidlari antraknozga qarshi yuqori (barg va mevada 89,5%,
poyada 95% gacha) samara byergan.
Kuzda barglar to„kilgandan va tok kesilgandan keyin yoki bahorda kurtaklar
Yozilishidan oldin tokka 1,5% li DNOK (100 l suvga 1,5 kg) yeritmasiga 2-3%
(100 l suvga 2-3 kg) №30 preparatini qo„shib purkash yoki temir sulfatning 10% li
yeritmasini sepish lozim. Bahorda yosh novdalar uzunligi 5-10 sm ga etganida
yoki 2-3 barg paydo bo„lishi bilan Bordo suyuqligi yoki boshqa samarali fungitsid
purkash va kasallik rivojlanishini hisobga olgan holda, lozim topilsa ishlovni 7-10
va 14-20 kundan keyin takrorlash tavsiya qilinadi.
Tokning soxta un-shudring (mildyu) kasalligi.
Kasallik qo„zg„atuvchisi
kosmopolit, barcha
uzum ekiladigan mamlakatlarda, jumladan Markaziy Osiyoda
ba‟zi yillari Turkmanistonda uchraydi. O„zbekistonda
soxta un-shudring uzumda
birinchi marta Sirdaryo viloyatida 1993 yilda qayd etilgan. Keyingi yillarda (2001-
2003) kasallik Toshkent,
Sirdaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida, ba‟zan
katta maydonlarda kuzatilmoqda.
Dostları ilə paylaş: