Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Tokning antraknoz kasalligi



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127
Tokning antraknoz kasalligi.
Antroknozning vatani
 
Yevropa. Shimoliy 
Amerikadan oidium va mildyu kiritilishidan oldin bu qit‟ada antraknoz tokning eng 
zararli kasalligi bo„lgan. Hozir antraknoz ba‟zi quruq iqlimli mintaqalardan 
tashqari uzum ekiladigan barcha mamlakatlarda, MDHda Ukraina, Rossiya 
(Dog„iston respublikasi, Astraxan va Rostov viloyatlari, Krasnodar va Stavropol 
o„lkalari), Moldaviya, Kavkaz orti va Qozog„istonda tarkalgan. O„zbekistonda 
barcha viloyatlarda uchraydi. 
Kasallik belgilari.
Tokning barcha yashil qismlari zararlanadi. Barglari 


68 
qotguncha (Yozilganidan so„ng 20-25 kun davomida) zararlanishi mumkin. Ularda 
ko„plab (bitta bargda 100 tagacha), dumaloq mayda (kengligi 1-5 mm), chetlari 
qizgish, qo„ng„ir yoki qora dog„lar paydo bo„ladi, ularning ba‟zilari qo„shilib 
ketadi. Vaqt o„tishi bilan dog„lar noto„g„ri dumaloq, ko„p qirrali shakl, o„rtasi och-
kulrang tus oladi, atrofida qizg„ish yoki qo„ng„ir hoshiyasi bo„ladi. Dog„larning 
o„rtasi quriydi va tushib ketadi, bargda teshiklar paydo bo„ladi. Kasallikka yosh 
barglar o„ta chidamsiz, ular kuchli zararlanadi va novdaning uchki tomoni 
kuyganga o„xshab qoladi. Tomirlari zararlangan barglar qurib qoladi va to„kiladi.
Yosh novdalar kuchli zararlanadi. Ularning ustida mayda, qo„ng„ir, bittadan 
joylashgan, binafsha-qo„ng„ir hoshiyali dog„lar hosil bo„ladi. Dog„lar asta-sekin 
nimrang-kulrang yoki binafsha-qora tus oladi, o„sib, uzunligi 7-8 sm va undan 
ko„proqqacha etadi, bir-biri bilan qo„shilib ketadi, novda ichiga o„rtasigacha kiradi 
va yaralarga aylanadi. Yara atrofida bo„rtma shaklli qalin kallyus to„qimasi paydo 
bo„ladi, yara o„rtasi biroz botiq shakl oladi va bunday novdalar mo„rt bo„lib,
shamolda sinib ketadi. Zararlangan novdalar oxir-oqibatda qorayadi, o„sishdan 
orqada qoladi va nobud bo„ladi. Barg va gul bandlari hamda gajaklarda kasallik 
belgilari novdalardagi bilan bir xil bo„ladi.
Gul to„plari zararlanganida gulbarglarda dumaloq, qora dog„lar hosil bo„ladi. 
Zararlangan gul to„plari va tugunchalar qo„ng„ir-qora tus oladi va to„kiladi. 
Uzum popugi va shingili gullashdan pishish boshlangunicha kasallikka 
chalinadi. SHingilning asosiy o„qi va meva bandlaridagi kasallik belgilari 
novdalardagi bilan bir xil. Dog„lar shingilning asosiy o„qini o„rab olsa, uzum 
boshining pastki (uchidagi) qismi burishib, so„lib qoladi. Uzumlarda sal botiq
o„rtasi oldin binafsha, so„ngra oqish-kulrang, atrofida tor to„q-qo„ng„ir yoki qora 
hoshiyasi mavjud bo„lgan dog„lar hosil bo„ladi. Ular uzum ichiga tarqalsa, u 
yorilib ketadi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin