69
Kasallik rivojlanishi.
Bahorda harorat 2
o
C dan oshganda va novdalar 24 soat
va undan ko„proq vaqt davomida nam sharoitda bo„lganda sklyerotsiylar ustida
ko„plab konidiyalar hosil bo„ladi. Yomg„ir paytida shilimshiq modda yeriydi,
konidiyalar yomg„ir tomchilari va shamol bilan tokning yashil qismlariga tarqaladi
hamda tomchi namlik mavjud bo„lganida ularda birlamchi zararlanish qo„zg„atadi.
O„zbekistonda kasallikning birinchi belgilari mart
oxiri aprel oyi boshlarida
ko„rinadi. Yangidan zararlangan to„qimalarda konidiyalar rivojlanadi va kasallik
tarqalishi davom etadi. Zamburug„ bir mavsumda 30 tagacha avlod beradi.
Askosporalar ham 2-32
o
C haroratda o„sishi va tokda birlamchi zararlanish
qo„zg„atishi mumkin, ammo ular juda kam uchraydi va antraknoz tarqalishida rol
o„ynamaydi.
Antraknoz rivojlanishiga ta‟sir qiluvchi asosiy faktorlar harorat
va havoning
nisbiy namligidir. Tez-tez yomg„ir va jala yog„ilishi kuzatiladigan mavsumlarda
kasallik ayniqsa kuchli rivojlanadi. Zamburug„ konidiyalari 2-32
o
C orasida
(optimum 24-26
o
C) o„sishi va tokni zararlashi mumkin.
Inkubatsion davr navga,
novda va barglarning yoshligiga bog„liq.
Chidamsiz navlarda bu davr 2
o
C da 13 kun, 24-32
o
C da 3-4 kunni tashkil
etadi. Bir mavsumda qo„zg„atuvchi 30 tagacha avlod beradi.
Tok navlarining antraknozga chidamliligi har xil. Nimrang, Oq husayni,
Kattaqo„rgon, Hindogni, Halili, Oq toyfi, Muskat,
Qora kishmish
,
Oq kishmish,
Pushti kishmish, Echkiemar, Go„zal qora, Chillaki va Charos navlari kuchli (42-
94%), Pushti toifi, Pushti parkent, Soyaki va Rkatsiteli o„rtacha (14-33%) darajada
zararlanadi, Tarnau va Mirniy navlari chidamli (zararlanishi 5% gacha).
Mevasi
rangli va nordonroq uzum navlari kamroq zararlanadi. Umuman olganda
Markaziy Osiyoda o„stiriladigan tok navlari Yevropa navlariga nisbatan antraknoz
bilan kuchliroq zararlanadi.
Dostları ilə paylaş: