79
23
JAMI
48.3
995.4
837396
15964001
2237
Umumiy ishlab
chiqarish
xarajatlari (5%)
49.8
Hamma mehnat
xarajatlari
48.3 1045.1
24
1 s. mahsulotga
ketgan mehnat
xarajatlari.
kishi/soat
Joriy mukofotlash (20%)
167479
3192800
Sinflikka qo„shimcha haq to„lash - (10%) traktorchi va usta suvchi
83740
211710
Stajga qo„shimcha haq to„lash (10%)
83740
Tarifga nisbatan 10% umumishlab chiqarish xarajatlari
1596400
JAMI:
1172355 20964911
15% ustama qo„shilgan
175853
3144737
HAMMASI:
1348208 24109648
Jami mexanizatsiyada va qo„l kuchida bajarilgan ishlarga ish haqi
25457856
1 gektar maydon uchun yonilg„i sarfi, l/ga
224
Izoh: Texnologik xaritalarga qishloq xo„jaligi mahsulotlari etishtiruvchi korxonalarning tabiiy-iqlim sharoiti, geografik joylashuvi (relefi), agrotexnik tadbirlarni bajarilish
jarayonlari va texnologiyalari, ularning
ish hajmlari, zamonaviy texnikalardan foydalanish imkoniyatlari va qishloq xo„jalik texnikalari hamda mashinalarining rusumlarini
o„zgarishidan kelib chiqqan holda tegishli tartibda o„zgartirishlar kiritiladi. Har bir qishloq xo„jaligi mahsulotlarini etishtiruvchi korxonalar ushbu namunaviy texnologik
xaritadan foydalangan holda o„zlarining tabavalashgan amaliy texnologik xaritalarini ekin maydonlari konturlarining konfiguryasiyasi, tuprog„ining
mexanik tarkibi,
sug„orish egatlarining uzunligi, sug„orish usullari va ularning ta‟minlanganlik darajasi (nasos yordamida chivariladigan yoki oqin suvlari), toshloqlik va qiyalik darajalari
(adirliklar, qirlar va bir tomonlama ishlov beriladigan maydonlar), yer osti sizot suvlarining yaqinligi, har xil noqurilmalar (sim yog„och, podstansiya, suv o„tkazish
tarmoqlari, kanalizatsiya, sanoat quvurlari va shunga o„xshash boshqa) bilan bandligini e‟tiborga olgan holda ishlab chiqadilar. Tabaqalashgan amaliy texnologik xaritalarni
ishlab chiqishda Qoraqalpog„iston Respublikasi va viloyatlar "Meyorlash-tadqiqot" markazlari bilan hamkorlik qilish tavsiya etiladi. Ushbu texnologik xaritalardagi tarif
razryadlarining baholari 2015 yil 1 sentyabrdan boshlab eng kam ish haqining 130240 so„mdan kelib chiqib belgilangan yagona tarif setkasiga asosan hisoblangan.
4 – amaliy mashg„ulot. Toklarda fenologik kuzatish o„tkazish,
fazalar davomiyligi va tinim davri
Ishning maqsadi:
Talabalarga tokning har xil o„suv fazalarida bo„ladigan
morfologik o„zgarishlarni, fenologik kuzatish olib borish
tartibi va fenologik jadval
tuzishni o„rgatish.
Materiallar va jihozlar:
1. A.A.Ribakov va boshqalar. O„zbekiston uzumchiligi”. Toshkent, 1969.
2. Sh.Temurov. Uzumchilik. Toshkent. 2002 yil.
3. Г.С.Морозова. Виноградарство с основами ампелографии (практический
курс). Москва, 1978 г. .
4. Ампелография Узбекистана, Т., 1989.
5. Fenologik kuzatish jadvali, grafiklar, rangli tasvirlar, amaliy mashg„ulot
topshiriqlari.
Asosiy tushunchalar.
Tok ko„p yillik daraxtchil o„simlik, har yili tinim davrini
(asosiy majburiy) va oltita o„suv fazalarini
shira harakatining boshlanishi, kurtak
chiqarishi, gullashi, mevalarini pishishi va xazonrezgilikni o„taydi.
Bu o„suv fazalarda tok ekinida katta morfologik o„zgarishlar kuzatiladi. Bu
o„zgarishlarga asoslanib, bo„lg„usi agronom o„tkaziladigan agrotexnik tadbirlarni
ishlab chiqishi zarur.
Fenologik kuzatish o„tkazish uchun tokzorda har bir uzum navidan 25-30 tadan
tup ajratib (bir xil tuplar), belgi qo„yib kuzatish olib boradi.
Har bir fazaning
boshlanishi deb 5% o„zgarish kuzatilganda belgilangan va olingan ma‟lumotlar qayd
qilinib boriladi. Kuzda tokda bir qancha murakkab fiziologik va biokimyoviy
jarayonlar (kraxmal to„planish, so„ngra uning shakllarga aylanishi, hujayra shirasi
konsentratsiyasining ortish, hujayralarning suvsizlanishi va o„xshashlar) sodir bo„ladi.
Bu jarayonlarning hammasi
tokni chiniqtiradi, buning natijasida u sovuqqa chidamli
bo„ladi. Agar pishgan novdalardagi kurtaklar 6-8% sovuqda nobud bo„lsa,
chiniqqandan so„ng kurtaklar 16-18 va undan yuqori darajadagi sovuqqa ham
chidaydi. Novdalarning pishishi, tokning chiniqishi va xazonrezgilik bilan tokning
o„suv davri tugaydi, ya‟ni u qishki tinim davriga kiradi. Tokning o„sish va rivojlanish
qonuniyatlarini, uning muhit faktorlariga talabini o„rganish uchun har bir xo„jalikda
fenologik kuzatishlar olib borish, ya‟ni yillik sikl fazalarning boshlanishi va o„tishini
aniqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: