73
yetkazmaydi.
Fosfor
yetishmasligi tok ekinida kuzatilmaydi. Tadqiqotlarda fosfor
yetishmasligida novda, ildiz va barg o„sishi
sekinlashadi, barglar mayda bo„lib
qoladi va to„q-yashil tus oladi, chetlari pastga bukiladi. O„tkir fosfor
yetishmasligida barglarda punktir shaklli qizil dog„chalar hosil bo„ladi.
Fosfor
kyeragidan ortiq bo„lishi tokka Zn va Fe yetishmasligiga olib keladi. Fosfor
yetishmasligi o„ta nordon tuproqlarda kuzatilishi mumkin.
Kaliy
yetishmasligi kuzatilganida erta bahorda yosh barglar och-yashil tus
oladi, chetlarida nekrotik dog„lar paydo bo„ladi.
Barglarning chetlari quriydi,
yuqoriga yoki pastga bukiladi, shakli buziladi, ustida burushiqlar hosil bo„ladi. Yoz
oxirida novdalarning pastki qismlaridagi barglarning tomir oralari, so„ngra barcha
qismlari quyosh nuri ta‟sirida binafsha- qo„ng„ir yoki to„q-qo„ng„ir tus oladi.
Magniy
y
etishmasligi yengil, nordon,
Mg miqdori kam, kaliy miqdori
nisbatan ko„p, SaS0
3
miqdori esa ko„p bo„lgan qumoq tuproqdarda kuzatiladi.
Oldin tarkibida Mg etarli bo„lgan tuproqqa kaliy yoki ammoniyning yuqori
miqdorlarini
kiritish
Mg
yetishmasligiga
olib
kelishi
mumkin.
Mg
yetishmasligining asosiy belgilari bahorda barg nekrozi, Yoz va kuzda tomir oralari
sarg„ayishidir. Odatda gullashdan oldin yosh barglarning chetlariga yaqin joylari va
tomirchalari orasida kichik, qo„ng„ir-yashil dog„lar paydo bo„ladi. Ellips yoki oval
shaklli nekrozlar barg chetiga parallel yo„nalishda joylashadi. Yozda tomirlar orasi
oldin oq, keyin chetlari barg bandiga qarab sariq tus oladi.
Mg yetishmasligi Mn,
K, Zn va B yetishmasligidan sariq xloroz mavjudligi, uning shakli va pastki
barglarning paydo bo„lishi bilan farqlanadi.
Kalsiy yetishmasligi tarkibida kvars va shag„al bo„lgan toshloq va o„ta
nordon (pH > 4,5) tuproqlarda kuzatiladi. Oldin barglarning
chetida nekrotik
hoshiyali dog„ paydo bo„ladi, u barg bandiga qarab o„sadi. Bo„g„in oralig„ining
po„stlog„ida to„q-qo„ng„ir, diametri 1 mm gacha keladigan bo„rtmalar paydo
bo„lishi mumkin. O„sayotgan uzum boshlari uchidan boshlab qurib qoladi.
Dostları ilə paylaş: