Kasallikning zarari. Kasallik juda zararli. Yozi nam va iliq mamlakatlarda
kasallik kuchli rivojlanganda va kurash choralari qo„llanilmaganda uzum hosili
butunlay yo„qotilishi mumkin. O„zbekistonning mildyu tarqalgan viloyatlarida
Sernam 2001-2003 yillarda kasallik tokning xo„raki navlari barglarining 75-80
foizi zararlanishi va 25-30 foizi to„kilishi, to„pgullarning 95-97 foizi qurib
qolishiga olib kelgan; kamroq zararlangan vinobop navlar hosili o„rtacha 25-45 %
ga kamaygan. May-iyun oylari quruqroq kelgan 2004 yili xuraki navlarda kasallik
kamroq rivojlanishi, to„pgul va g„o„ralarning 5-10 foizi qurib qolishi kuzatilgan.
Kasallik rivojlanishi . Zamburug„ asosan to„kilgan barglarda zoosporalari
bilan va kurtaklarda mitseliy bilan qishlaydi. Bahorda harorat 11
o
C ga etganda (11-
32
o
C, optimum 23-35
o
C da) oospora suv tomchisida o„sib, sporangiy hosil qiladi.
Zoosporalar o„sishi 1-2 oyga cho„ziladi. Sporangiylar yomg„ir va shamol bilan
o„simlikka tushadi, o„sadi, hosil bo„lgan zoosporalar suv tomchisida harakatlanib,
o„simlik teshikchalari yonida xivchinlarini yo„qotadi, sistaga aylanadi, o„sadi,
paydo bo„ltan murtak naychasi bilan o„simlik teshikchasiga kirib, zararlaydi.
Zararlangan o„simlik to„qimalarida zamburug„ning nojinsiy sporangiofora,
sporangiy va zoosporalari rivojlanadi, zoosporalar yomg„ir va shamol bilan boshqa
o„simliklarga tushadi va zararlaydi. Bir mavsumda zamburug„ 7-16 jinssiz avlod
beradi.
Sporangiofora va sporangiylar teshiklardan 95-100% namlik (yomg„ir yoki
yaxshi shabnam tushganda), 11-30
o
C (optimum 18-24
o
C) harorat va 4 soat
davomida yorug„lik bo„lmagan sharoitda (kechasi) chiqadi va zoosporalar hosil
qiladi. Sporangiylar suv tomchisida o„sishi, zoosporalar chiqishi va o„simlikni
zararlashi 12-13
o
C da boshlanadi (optimum 18-25
o
C, maksimum 29-30
o
C).
Harorat va namlik bilan bog„liq holda o„simlik zararlanishi va unda yangi sporalar
hosil bo„lishi orasida 4-12 kun o„tadi. Kasallikning yashirin davri 61
o
C ga teng
bo„lgan samarali harorat (7,9
o
C dan yuqorilari hisoblanadi) yig„indisi bilan
ifodalanadi.
Soxta un-shudring kuchli rivojlanishi kuchli yomg„irlar va 10-30
o
C
(optimum 24-26
o
C) harorat mavjud bo„lishi bilan belgilanadi.
Ob-havo Sernam yillari O„zbekistonda kasallik uchraydigan may-iyun
oylarida katta maydonlarga tarqalishi va zararlashi mumkin. Pushti toifi, Nimrang,
Husayni, Qora kishmish, Oq kishmish, Nimrang muskat va Risling kabi navlar
kuchli, Bayan shirey, Rkatsiteli, Qora mayskiy, Kuljinskiy, Rkatsiteli, Tarnau va
Mirnыy navlari nisbatan kamroq zararlanadi.