84
novdalari va 5 – 10 ta o„rinbosar butoqlar) bo„lishini ta‟minlaydi.
Shuning uchun,
kordon shakl O„rta Osiyodagi tokzorlarda qo„llanilmaydi.
Tok tuplariga elpig„ichsimon shakl berish uning ko„p yillik kesik qismlarini
yelpig„ichsimon yoyib tarashdan iborat. Tok tupiga yelpig„ichsimon shakl berish ko„p
afzalliklarga ega. Bunday shakl berilgan tok uzoq yashaydi. Mo„l hamda muttasil hosil
beradi, asosiy shaklini o„zgartirmagan holda tok tupida kurtaklarini oshirishga imkon
beradi. Shakl berishning va butashning oddiyligi bilan ta‟riflanadi,
tuplarga shamol
yaxshi tegadi va uning barcha qismlariga yorug„lik yaxshi tushadi, tokzorlarda
mexanizatsiyadan foydalanishga imkon beradi va toklarni ko„mish qulay bo„ladi.
Yarim yelpig„ichsimon shakl berishda tuplar
orasidagi masofaga qarab, ularda
uchtadan beshtagacha har xil uzunlikdagi zang bo„ladi, bunda ularning oxirgi (tashqi)
novdasi keyingi tupning asosiga yaqinlashadi.
Vazifa.
1.
Tok o„stirish usullarini o„rganish, tuproq va iqlim sharoitiga qarab tok o„stirish
usulini tanlashni o„rganish;
2.
Toklarni vertikal simbag„azlarda o„stirish yaxshi tomonlari va kamchiliklarini
o„rganish, vertikal simbag„azlarni o„rganish uchun sarflanadigan xarajatlarni hisoblash
va 10-jadvalga Yozish;
3.
Ko„p zangli yelpig„ichsimon va yarim yelpig„ichsimon shakllarda tok o„stirish
texnikasini o„rganish;
4.
Yer toklarda va vertikal simbag„azlarda o„stirilgan
toklarga shakl berish
usullarini o„rganish va ularni rasmini chizish.
Dostları ilə paylaş: