Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Rejalashtirilgan hosilga qarab tok tuplarida yuk (ko„z) qoldirish



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127
 
9.3.Rejalashtirilgan hosilga qarab tok tuplarida yuk (ko„z) qoldirish 
Tekshirishlar va ishlab chiqarish tajribasida shu narsa aniqlandiki, gektaridan 
200-300 s dan hosil olish uchun vinobop navlarning har gektari hisobiga 300-350 
mingtagacha va mahalliy xo„raki hamda kishmish navlarda 400-500 mingtagacha 
kurtak bo„lishi zarur. 
Toklar o„tkir tok qaychisi (sekator) va bog„ arra yordamida kesiladi. 
Kesayotganda tok qaychining pichog„i novdaning qoldirilayotgan tomonida turishi
chap qo„l esa novdaning olib tashlanayotgan qismini ushlab, bir oz zanglar, quruq 
kundalar arralab tashlanadi. Kesilgan joy bog„ pichog„i yoki tok qaychi bilan 
tozalanadi. 


87 
O„rinbosar butoqlar ikki-uchta kurtak qoldirib kesiladi, ular tegishli hosil 
beruvchi madangdan pastda bo„lishi lozim. Kuchli o„sadigan navlar va tuplarda ikkita 
meva novdasiga bitta butoq qoldiriladi. Meva novdasiga, o„tgan yilgi o„rinbosar 
butoqda rivojlangan novdalardan tashqari, o„tgan yilgi hosil novdalaridan o„sib 
chiqqan yangi novda qoldirish mumkin. Zangning yuqorisida joylashgan novdalarni 
uzun kesish kerak, Chunki hosil berib bo„lganidan keyin ular butunlay kesib 
tashlanadi. 
Tok tuplariga elpig„ichsimon shakl berishda va soyabonsiz vertikal so„rida 
o„stirilgan uch yillik tuplarni kesishda har bir asosiy zangda to„rt-beshta hosil novda 
hamda ikki-to„rtta o„rinbosar novda qoldiriladi. To„rt yillik tuplarni kuzda kesishda 
har bir asosiy zangda hosil novdalar soni oltitagacha, o„rinbosar novdalar soni esa uch 
to„rttagacha oshiriladi. Qoldirilgan hosil novdalarini, iloji boricha o„rinbosar novdalar 
bilan navbatlash kerak. Zang va hosil novdalarni bahorda bog„lash vaqtida so„riga 
yelpig„ich shaklida bir tekis tarash lozim. 
Zanglar asta-sekin kesib tashlanishi tufayli hosil novdalarini borgan sari tupning 
asosidan yuqorida qoldirishga to„g„ri keladi va shu tariqa ular tupidan oshib ketishi 
mumkin. Zanglarni hadeb kesib tashlashning oldini olsh uchun, ularni vaqti-vaqti 
bilan yoshartirib turish kerak. Buning uchun tok tupining asosida yangilash novdalari 
qoldiriladi, ulardan esa eski zanglar o„rniga asta-sekin yangilari shakllanadi. 
Kesish qoidasi Rizamat Musamuxamedov tavsiya qilgan sxema asosida 
bajariladi. 
Asosiy zangni o„z vaqtida almashtirish uchun tupning asosida rivojlanayotgan 
novdalar tayyorlanadi. Ular dastlab bir-ikkita kurtak qoldirib kesiladi. Kelgusi yili eng 
kuchli novdalar 10-12 ta kurtak qoldirib birinchi simgacha kesiladi. Ulardan yangi 
zang to„liq hosil bo„lgandan keyin eski novda tup asosidan arralab tashlanadi. 
Tokning yashil qismlari bilan olib boriladigan ishlar tokka bevosita ta‟sir 
ko„rsatish usuli hisoblanadi. Bu ishlar bahor-Yoz vaqtida, hayot faoliyati jadallashgan 
davrda bajariladi va tupning o„sishi, oziqlanishi hamda hosil berishga, uning ayrim 
qismlariga oziq moddalarning taqsimlanishiga va boshqa fiziologik holatlarga ta‟sir 
etib, tartibga soladi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin