Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


 Xo„raki uzum navlarining ta‟rifi



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127
 
11.2. Xo„raki uzum navlarining ta‟rifi 
Hozirgi kunda O„zbekistonda qo„yidagi uzum navlari katta maydonlarga ekilib, 
rayonlashtirilgan. 
Xo„raki va kishmish navlar:
Qora xaliliy, Charos, Xusayni, 
Vengriya muskati, Aleksandriya muskati, Oq vassarg„a, Qora janjal, Sultoni, 
Nimrang, Pushti Parkenti, Yumaloq, Kattaqo„rg„on, O„zbekiston muskati, Pobeda, 
Pushti toyfi, Jo„ra uzum, Kechki VIR, Oktyabrskiy, Zarafshon kishmishi, Go„zal qora, 
Andijon qorasi, Qora kaltak, Tana ko„zi, Shtur angur.


101 
 
ANDIJANSKIY 
CHYERNIY navi. 
Mahalliy 
nav. 
1959 
yildan 
Andijon, 
Namangan 
va 
Farg„ona
viloyatlari bo„yicha Davlat
reestriga 
kiritilgan. 
Mevasi
o„rtapishar, xo„raki-mayizbop
nav, sovuqqa kam chidamli
novdalari hosil olish uchun 12-
15 ko„zgacha kesiladi. Uzum
boshi 
katta, 
siyrak,
silindrsimon, 
g„ujumi 
yirik, 
uzunchoq, konussimon, rangi 
qora, 
quvroq, 
zich 
tartibda 
joylashgan. Bir boshining vazni
– 212 g, mevasining pishgan 
vaqtidagi ta‟m bahosi – 8,8 ball. 
GUZAL KARA navi. 
 
Butunittifoq o„simlikshunoslik
ilmiy-tadqiqot institutining O„rta Osiyo 
bo„limida yaratilgan. 1959 yildan
Respublika bo„yicha Davlat reestriga 
kiritilgan. Nav o„rtapishar, tupi baland, 
g„ujumi katta, mevasi yirik, dumaloq. 
Uzum boshining o„rtacha vazni – 261 
g. Mevasining pishgan vaqtidagi
ta‟m bahosi – 9,2 ball, kurtak 
Yozilishidan mevasi pishgungacha 147 
kun o„tadi. Nav xo„raki, mayizbop, 
mevasi juda yaxshi, sovuqqa kam
chidamli. Hosildorligi – 243,8 s/ga,
eng yuqori hosildorligi – 273,6 s/ga ni 
tashkil etadi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin