Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127
 
 12-jadval 
Mavjud ma‟lumotlarga asoslanib qoldirilgan
ko„z (yuklar)ga qarab hosilni aniqlash 
Ko„rsatkichlar 
Uzum navlari 
Sapyerav

Kattaqo„rg„on Oq kishmish 
Gektardagi tup soni, dona 
1300 
1100 
800 
Qoldirilgan ko„zlar, ga-ming-dona 
115000 
250000 
210000 
Ko„kargan novdalar, % 
75 
70 
70 
Hosildor novdalar, % 
40 
35 
45 
Hosildorlik koeffitsienti 
1,4 
1,0 
1,1 
Uzum boshining o„rtacha og„irligi, g 
180 
500 
220 
Tokni pastki qismidan xomtok qila boshlash kerak. Tokning kundasi 
yuqorisidagi yashirin kurtaklardan yoki ildiz tanasidan o„sib chiqqan yashil 
novdalarning noqulay joylashganlari va yangi zang o„stirish yoki tupni Yoshartirish 
uchun keraksiz bo„lganlari olib tashlanadi. Keyin zangdagi novdalar pastdan yuqoriga 
tomon tekshirilib, o„rinbosar butoqlar yoki pasaytirish butoqlari yetishtirish uchun ular-
ning yaxshi joylashganlari qoldiriladi. 
Xomtok qilib bo„lgandan keyin yashil novdalar bog„lanadi. Tokni kesish va 
bog„lash bilan birga xomtok qilib, yosh tuplarda tana va zang shakllanadi, hosil 
beradigan tuplarni esa qo„shimcha kesib va tupdagi novdalardan ma‟lum miqdorda 
kurtak qoldirib shakli saqlanadi. Tok noto„g„ri kesilsa va xomtok qilinsa, uning 
hosildorligi pasayib ketadi.
Vazifa: 
1.
Toklarni kesishdan asosiy maqsad, kesish turlari, muddatlari va texnikasi hamda 
kesishda ishlatiladigan asboblarni o„rganish. 
2.
9 va 10-jadvallar asosida rejalashtirilgan hosilga qarab yuk qoldirishni yoki 
qoldirilgan ko„zlarga qarab hosilni aniqlashni o„rganish. 
 
10.TOG„LI ELARDA TOK O„STIRISH TEXNOLOGIYASI 
 
10.1.Tog„li yerlarda tok o„stirish xususiyatlari 
 
Tayanch iboralar - Tog„, tog„ oldi, baland tog„li, yog„in miqdori, bo„z 
tuproqlar, asl (tipik), tuk tusli, o„tloq, o„tloq botqoq tuproqlar, vinobop, xo„raki, 


93 
mayizbop uzum navlari, xomtok, hosilsiz novdalarni olish, chilpish, toklarni 
ko„mish. 
O„zbekistonning iqlimi, shu jumladan tog„li va tog„ oldi xududlarning iqlim 
sharoiti quyosh nurining tez taralishi (radiatsiyasi) havoning quruqligi, 
atmosfyeraning umumiy oqimlari, joyning relefi, shimoldan keladigan sovuq 
havoning, janubdan keladigan issiq havoning ta‟siri vujudga keladi. Mana shu 
omillarning qay holda birlashib ta‟sir etishi natijasida tumanlarning va hatto 
mikrotumanlarning iqlimi o„rtasida ba‟zan juda katta farq bo„ladi. Issiq va namlik 
sharoitining o„zgarishi uchun joyning relefi va balandligi ayniqsa katta ta‟sir etadi. 
Joyning dengiz sathidan baland bo„lishi, Shuningdek tog„ etagi va tog„li tumanlar 
relefining har xil bo„lishi iqlimning qurg„oqchiligini bir muncha yumshatadi. 
Tog„li va tog„ oldi hududlarda bahor u yerlarning dengiz sathidan qanchalik 
baland bo„lishiga qarab tekis joylarga nisbatan kechroq boshlanadi. Yozi esa 
tekislikdagidek bulutsiz va quruq bo„ladi. Kuz erta tushadi, yog„inlar oktyabr 
oyidan boshlanadi, qorning qalinligi pana qiyaliklarda va baland joylarda 100 sm 
ga yetadi. Qor qatlami 60-70 kungacha yerimay turadi. O„zbekistonda sovuqsiz 
davr 200 kunga yetadi. 
Toqqa ko„tarilgan sari havoning o„rtacha yillik va maksimal harorati, 
Shuningdek sovuqsiz davr kamaya boradi, qishning minimal harorati esa 
yuqorilashadi. Har bir joyning absolyut balandligi oshgan sari u yerlarga 
yog„adigan yog„in miqdori va uning fasllar bo„yicha yog„ishi o„zgaradi. Toqqa 
ko„tarilgan sari yog„inning eng ko„p miqdori Yozga yaqin yog„adi. Masalan, aprel 
va may oylarida ba‟zan jala quyadi, natijada qir tepaliklarga yoqqan yog„inlarning 
ko„p qismi pastga oqib tushadi. 
Tog„li joylarning dengiz sathidan 1500 m baland bo„lgan g„arbiy va g„arbi-
janubiy qiyaliklari Sernam bo„ladi. Bu yerlarga yog„adigan yog„inning yillik 
miqdori 500-600 mm va undan ham oshadi. Tog„ va tog„li joylardan ko„tariladigan 
yillik bug„ miqdori past tekisliklardan ko„tariladigan yillik bug„ miqdoridan kam 
bo„ladi, havo namligi va bulut esa ko„p bo„ladi. 
Tog„li hududlarda tokchilik qilish uchun u yerlardagi issiqlikning 
yetishmasligi, dengiz sathidan atigi 100% gacha bo„lgan joylarda tokzor barpo 
qilish uchun esa namning etishmasligi monelik qiladi. 


94 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin