96
viloyatining Urgut, Samarqand, Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov,
Toshkent viloyatining Ohangaron, Parkent va Chirchiq tumanlari hisoblanadi.
Tok o„sish sharoitiga moslanadigan o„simliklar jumlasiga kiradi. Tokning
kuchli o„sadigan ildizlari yerning chuqur qatlamlariga kirib, tuproq ancha quruq
bo„lishiga qaramay u yerdan ko„p miqdorda nam olib baquvvat o„sadi va mo„l
hosil beradi. Biroq, bu zonaning tuproq va iqlim sharoiti tokda kechadigan
biologik va fiziologik jarayonlarni o„zgartiradi.
Qish va ko„klam faslida to„planadigan tuproq nami Yoz boshidan boshlab
toki oktyabrdagi dastlabki yog„ingarchiliklar bo„lguncha to„xtovsiz kamaya boradi.
Tuproqda nam mart-aprel, may oyining boshida ko„p bo„ladi, ya‟ni tok ekini
o„sishi uchun eng qulay sharoit yaratiladi. Uzum g„ujumlari to„lishayotgan,
ayniqsa uzum pishayotgan davrda (iyun oyi oxiri va iyulda) tuproq nami kamayib
ketadi. Iyul-avgust oylarida tuproqning 2 metrlik chuqur qatlamidagi namlik
ko„pincha o„simlik uchun foydasiz bo„lgan namlik darajasiga tushib qoladi.
Qurg„oqchilik natijasida tokda dastlab o„sish jarayoni to„xtaydi, novdalarning
o„sish nuqtasi qurib qoladi, ya‟ni novda uchlarining o„z-o„zidan chilpish hodisasi
ro„y beradi. Qurg„oqchilik kuchayganda tok bargida juda ko„p qizg„ish dog„lar
paydo bo„ladi, barg sarg„ayib to„kila boshlaydi. Uzum g„ujumlari va uzum boshlari
ko„pincha so„lib va qurib qoladi. Suv yetishmasligi natijasida g„ujumlar
maydalashib, po„sti qalinlashadi. Odatda bunday g„ujumlar achchiq va qattiq
bo„ladi.
Tog„li va tog„oldi xududlarida tokzor uchun joy tanlashda quyidagilarga
e‟tibor etish zarur.
Tokzor barpo qilinadigan maydon 10-15 gektardan kichik bo„lmasligi lozim
hamda kelgusida yanada kengaytirish imkoniyati bo„lishi kerak. Tok ekish va uni
parvarishlash ishlarini mexanizatsiyalashtirish mumkin bo„lishi uchun maydon 10
gradusdan ortiq darajada qiya bo„lmasligi, agar qiya bo„lsa, zina-zina shaklida
tekslangan bo„lishi, shu bilan birga bunday tuproq ostidagi tog„ jinsi
yalang„ochlanib qolmasligi zarur.
Dostları ilə paylaş: