Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127
 
 
 


102 
 
DJANDJAL KARA navi. 
Mahalliy nav.
1959 
yildan 
Qoraqalpog„iston 
Respublikasi, 
Buxoro, 
Navoiy,
Qashqadaryo, 
Jizzax, 
Samarqand, 
Surxondaryo, 
Toshkent 
va 
Xorazm 
viloyatlari 
bo„yicha 
Davlat 
reestriga 
kiritilgan. Nav o„rtapishar, yuqori sifatli
xo„raki, mayizbop va konsyervabop. Butasi 
katta bo„lib, shoxining uzunligi bo„yicha
joylashgan kurtaklaridagi meva miqdori
bir xil. Uzum boshi yirik, tuxumsimon,
rangi qora. Uzum shingilining o„rtacha
vazni – 247 g. Mevasining pishgan 
vaqtidagi 
ta‟m bahosi – 8,6 ball. 
Hosildorligi – 231,2 s/ga, eng yuqori
hosildorligi – 281,5 s/ga ni tashkil etadi.
 
 
 
KATTA 
KURGAN 
navi. 
Mahalliy nav. 1967 yildan Buxoro,
Navoiy, 
Qashqadaryo 
va
Surxondaryo viloyatlari bo„yicha
Davlat reestriga kiritilgan. Uzumning 
bu navidan yuqori sifatli yirik mayiz 
tayyorlanadi. Nav sovuqqa kam
chidamli bo„lib, tupi katta, uzum 
shingili yirik, tuxumsimon, rangi och 
yashil rang, quYosh tomoni sariq.
Uzum boshining o„rtacha vazni –
206 g, mevasining pishgan vaqtidagi
ta‟m bahosi – 8,3 ball. Kurtak
Yozilishidan mevasi pishgungacha
bo„lgan davr 167 kunni tashkil etadi. 
Hosildorligi – 58,7 s/ga, eng yuqori 
hosildorligi 92,0 s/ga ni tashkil etadi.
 
 
 


103 
 
TAYFI 
ROZOVIY 
navi. 
Saudiya Arabistoni navi. 1959
yildan Respublika bo„yicha Davlat 
reestriga kiritilgan. Bu nav kechpishar
bo„lib, tupi katta, ko„p zangli, 
elpig„ichsimon taraladi, sho„rga va
sovuqqa chidamli. Uzum boshlari
keng konussimon. Mevasi pishib
etilganda pushti rang, karsillaydigan
bo„ladi. Ta‟mi anor mazali va biroz 
taxirroq bo„ladi. Mevasining o„rtacha
vazni – 390 g. G„ujumi yirik,
uzunchoq-silindrsimon, eti go„shtli,
syershira, quvroq. Mevasining
pishgan vaqtidagi ta‟m bahosi – 8,8 
ball, 
kurtak 
Yozilishidan 
mevasi 
pishgungacha bo„lgan davr 155 kundan 
iborat. Kasallik va sovuqqa o„rtacha
chidamli. Texnik pishib etilganida
oktyabr oyida qandligi 22-24% ni, 
kislotaliligi 4-4,5 g/l ni tashkil etadi. 
Tashishga juda ham chidamli, yaxshi 
saqlanadi. 
Konsyerva 
mahsulotlari 
(marinad, murabbo, sharbat, djem) va 
sharob 
tayyorlashda 
foydalansa 
bo„ladi. Hosildorligi – 184,8 s/ga, eng 
yuqori hosildorligi – 374,4 s/ga ni 
tashkil etadi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin