Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127
Marganets
yetishmasligi asosan ishqorli, qumoq, tarkibida chirindi ko„p 
bo„lgan yoki ohakli, tarkibida Mp kam bo„lgan tuproqlarda kuzatiladi. Yoz boshida 
novdalarning pastki qismidagi barglar och tus oladi, keyin tezda tomir oralarida 
sariq dog„lar paydo bo„ladi. Bu dog„lar mozaikaga o„xshaydi va atrofida 
tomirchalar yashil tusga ega bo„ladi. Umuman yashil rang faqat birinchi va ikkinchi 
tartib tomirlari bo„ylab saqlanadi. Bu belgilar quyosh nuri ta‟sirida yaqqolroq 
rivojlanadi. Marganets yetishmasligi uzoq vaqt davom etsa, novda, barg va uzum 
o„sishi va pishib etilishi sekinlashadi. Ohakli tuproqlarda temir o„tkir yetishmasligi 
natijasida marganets yetishmasligi yashirin holda bo„ladi. 
Juda nordon va tarkibida Mp ko„p bo„lgan tuproqlarda uning ortiqcha bo„lishi 
kuzatiladi. 
Rux
yetishmasligi tarkibida Zn kam bo„lgan yoki ustki qatlami olingan 
qumoq yoxud ph yuqori bo„lgan tuproqlarda uchrashi mumkin. Fosforning katta 
miqdori ham Zn o„zlashtirilishini kamaytiradi, Chunki u sinkni yerimaydigan sink 
fosfati shaklidagi cho„kmaga tushiradi. Zn yetishmasligining birinchi belgilari - 
barg bandlarining qo„ltiqlari ochiq va barglar mayda bo„lishi, barglarning bir 
tomoni ikkinchisidan kattaroq bo„lishi va chetlari ko„p tishchali shakl olishidir. 
Tomirchalar orasida och-yashil yoki sariq tusli, mevasi qizil va qora navlarda esa 
qizg„ish tusli mozaika paydo bo„ladi. Barg tomirlari ham yashil hoshiyali och tus 
oladi. Kuchli zararlangan barglarda xloroz nekrozga aylanadi. Bu belgilar tok navi 
bilan bog„liq holda o„zgaradi. Zn yetishmasligi belgilari virusnikiga o„xshab ketadi, 
uzum va danagi mayda bo„lib qoladi va hosil pasayadi. 
Bor
yetishmasligi juda nordon (pH 3,5-4,5), kam hollarda neytral yoki biroz 
ishqorli (pH 7-8,5) tuproqlarda uchraydi. Ildiz atrofi quruq bo„lishi bor so„rilishiga 


75 
to„sqinlik qiladi. Bor yetishmasligi tok o„sishi va hosil tugishiga o„ta salbiy ta‟sir 
qiladi. Uning birinchi belgilari gullashdan oldin novda uchidagi gajaklarda to„q 
tusli bo„rtmalar rivojlanishi va ular nobud (nekroz) bo„lishidir. Uzum boshlari ham 
nobud bo„ladi. Yosh novdalar bo„g„inlari yo„g„onlashadi, ichi nekroz bo„ladi, 
yo„g„onlashgan joydan ustki qismi nobud bo„ladi. Barg bandlari kalta, yo„g„on 
bo„lib, ularda uzunroq yara va kavaklar paydo bo„ladi. Barg shakli buziladi, 
tomirlar orasida xloroz yoki nekroz rivojlanadi. Bor yetishmasligi davrida hosil 
bo„lgan novdalardagi kurtaklardan keyingi mavsumda kalta, ko„p sonli shoxlangan 
styeril novdalar o„sib chiqadi. Bor yetishmasligi tufayli boshdagi uzumlarning 
deyarli barchasi kichik va danaksiz bo„lib qoladi. Ildizlar kalta va yo„g„on bo„lib, 
ustida shishlar rivojlanadi, shishlar uzunasiga chatnaydi va yorilib ketadi. Bor 
ortiqcha bo„lishi tokning barcha yer usti qismlariga ta‟sir qiladi. Yosh barglar juda 
xunuk shakl oladi, kattaroqlarining chetlari kuygan tus oladi, bu nekroz barg tomir 
oralariga tarqaladi. Asosiy novda uchi o„sishi sekinlashadi, ko„p sonli va zaif yon 
novdalar paydo bo„ladi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin