Mavzu: Alkaloidlar, ularning o’simliklardagi vakillari va axamiyati
Alkaloidlar va ularning ahamiyati
O'simliklar (qisman hayvonlar) to'qimalarida tayyor holda boladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bolgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlardeb ataladi.
Alkaloid arabcha - “alkali” - ishqor va yunoncha “eydos” - o'xshash so'zlaridan iborat bolib, ishqorsimon birikma degan ma’noni bildiradi. Bu alkaloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
1819-yilda Meysner sabadillao'simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi bolib alkaloid deb atadi.
Tarkibida alkaloid bolgan o'simliklar qadimdan ishlatib kelinsa-da, bundan taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o'rganish va tekshirish sohasida ilmiy ishlar boshlandi.
1792-yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti po‘stlog‘i tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni smola holida ajratib oldi.
1797-yilda Bome, 1804-yilda Derozn hamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan narkotin bilan morfin ajratib oldi va uni «opiy tuzi» deb atadi.
Shunday bolsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dorixonachasi Sertyurner hisoblanadi.
U 1806-yilda opiydan kristall holda alkaloid ajratib oldi va 1811-yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi.
1918-yillarda rus olimi akademik A.P. Orexov tomonidan ilmiy-tadqiqot instituti qoshida birinchi marta alkaloidlar bo'limi tashkil etildi va Rossiyada alkaloid bolgan o‘simliklarni o'rganishga asos solindi.
1930-1937-yillarda laboratoriya xizmatchilari A.P. Orexov rahbarligida 80 ta alkaloidli yangi o'simliklarni topdilar hamda ulardan 40 ta yangi alkaloid ajratib oldilar. Bu vaqtda butun dunyoda hammasi bo’lib 113 ta, yangi alkaloid topilgan edi. Shunday qilib, Rossiya alkaloidli o'simliklarni o'rganish bo’yicha dunyoda birinchi o'ringa chiqib oldi.
Bu davrda MDH shaharlari orasida Moskva, Sankt-Peterburg,
Kiyev, Xarkov, Baku, Toshkent, Tomsk va boshqa shaharlarda
alkaloidlarni o'rganish bo“yicha ilmiy tadqiqot ishlari avj olib ketgan edi.
1936-yildan boshlab Toshkent davlat universitetining (O'zMU)
kimyo fakultetida G.V. Lazurevskiy va O.S. Sodiqov, O'zbekistonda yowoyi holda o'sadigan alkaloidli o'simliklarni tekshira boshladilar.
1946-yilga kelib, shu fakultet qoshida o'simliklar kimyosini o'rganish kafedrasi tashkil qilindi. Hozir ham bu kafedra xodimlari O'zbekistonda o'sadigan alkaloidli o'simliklarni tekshirishni davom ettirmoqdalar.
1943-yilda akademik S.Yu. Yunusov boshchiligida O'zbekiston Fanlar akademiyasi kimyo instituti qoshida alkaloidlar laboratoriyasi tashkil etildi.