Mavzu: Alkaloidlar, ularning o’simliklardagi vakillari va axamiyati


Shu davr ichida butun yer yuzida ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar (Arosunaseae) oilasiga 897 ta alkaloid xillari to'g'ri keladi



Yüklə 22,26 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü22,26 Kb.
#199434
1   2   3   4   5   6
Alkaloidlar 22.04.2022

Shu davr ichida butun yer yuzida ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar (Arosunaseae) oilasiga 897 ta alkaloid xillari to'g'ri keladi.

  • Shu davr ichida butun yer yuzida ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar (Arosunaseae) oilasiga 897 ta alkaloid xillari to'g'ri keladi.
  • O'simliklar tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10-15, ba’zan 25% gacha alkaloidlar bolishi mumkin. Traxilantus o'simligida 18% miqdorida alkaloidlar summasi topilgan.
  • O'simliklarda bir-biriga yaqin ko'pgina alkaloid boladi.
  • Alkaloidlar soni ba’zi o'simliklar tarkibida 50 tadan ortadi. Masalan, Vinca erecta o'simligining alkaloidlar summasidan 55 ta alkaloid xillari ajratib olingan. O'zaro (botanik jihatdan) yaqin bolgan o'simliklar tarkibida ко'pinch a bir xil alkaloid bo'ladi. Masalan, ituzumdoshlar oilasiga kiradigan bir qancha o'simliklar (Atropa L., Hyoscyamus L., Datura L, Scopolia Jacq. turlari) tarkibida tropan guruhiga xos alkaloidlar (atropin, giostsiamin, skopolamin) uchraydi.

Ayni vaqtda bitta alkaloid botanik jihatdan bir-biriga boglanmagan, bir qancha

  • Ayni vaqtda bitta alkaloid botanik jihatdan bir-biriga boglanmagan, bir qancha
  • oilalarda ham bolishi mumkin. Masalan, efedrin alkaloidi Ephedraceae, Celastraceae, Malvaceae, Papaveraceae va Taxaceae (ya’ni 5 ta), kofein alkaloidi Sapindaceae, Theaceae, Sterculiaceae, Rubiaceae, Aquifoliaceae, Liliaceae va boshqalar (ya’ni 16 ta) oilalariga kiradigan o'simliklar tarkibida uchraydi.
  • Alkaloidlarning o'simliklar hayotidagi ahamiyati.
  • Alkaloidlarning o'simliklar hayotidagi roli haqida bir qancha fikrlar bolib, ular quyidagicha:
  • 1. Bir guruh olimlar, alkaloidlar - o'simliklar hayotida hosil bo'lgan chiqindi modda;
  • 2. Alkaloidlar o'simliklar uchun zaxira ozuqa o'rnida xizmat qiladi, degan nazariya ham bor. Malum sharoitda o'simliklar alkaloiddan zaxira ozuqa sifatida foydalanishi mumkin.
  • 3. Alkaloidlar o'simliklarni hasharotlardan va hayvonlardan himoya qiluvchi birikma
  • Alkaloidli o'simliklar zaharli boladi, shuning uchun ular kam kasallanadi hamda hayvonlar bunday o'simliklarni deyarli iste’mol qilmaydi.
  • 4. Alkaloidlar o'simliklar uchun kerakli biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadigan zarur birikma hamda hujayra va to'qimalarning ayrim spektr nurlariga sezgirligini, ularning reaktivlik sezgirligini kuchaytiradigan (sensibilizator) birikmalar hisoblanadi.
  • O'simliklar uchun turli alkaloidlar turlicha ahamiyatga ega. O'simlikning o'sish davrida gordenin alkaloidi asta sekin kamayib, ligninga aylanib ketadi. Nikotin oksidlanishidan hosil bolgan nikotin kislotaning amid formasi o'simliklarni ba’zi oksidlanish va qaytarilish jarayonida ishtirok etuvchi fermentlaming asosiy qismi hisoblanadi.
  • О‘simliklarning ko“karib turgan yer ustki qismida alkaloidlar odatda o'simlikning yaxshi o'sgan vaqtida maksimal miqdorda to'planadi. Bu davrda yer ostki organlarida alkaloidlar minimal miqdorda bo'lib, ularning maksimal miqdorda to'planishi yer ustki qismining qurib qolishi va o'simlikning uyquga kirish davriga to'g'ri keladi.
  • Demak, alkaloidlar о‘simliklarning ayni davrida kerak bo'lgan va nasl qoldirish uchun asosiy rol o’ynaydigan organlarida maksimal to'planar ekan. Bu hol alkaloidlarning o'simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadigan dalilardan biridir.
  • Agar o'simlikka bir butun organizm deb qaralsa, alkaloidlar o‘z tuzilishiga, o'simlik xususiyatiga qarab turli vazifalarni bajara oladi. Ular malum vaqtda zaxira ozuqa va himoya qiluvchi moddalar hamda o'simlik to'qimasida ro“y beradigan biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadigan zarur birikmalar sifatida xizmat qilishi mumkin.
  • Alkaloidlar o'simliklar tarkibida 3 xil ko'rinishda uchraydi:
  • Sof (asos) holida.
  • 2. Kislotalar bilan birikkan birikmalar - tuzlar holida.
  • 3. Azot atomi boyicha oksidlangan N-oksid formasida.
  • O'simlik to'qimasida alkaloidlar ko'pincha organik (oksalat, olma, limon, vino va boshqa), mineral (sulfat, fosfat va boshqa) va ba’zan o'simliklar ning o'ziga xos (mekon, xin, xelidon va boshqalar) kislotalar bilan birikkan tuzlar holida uchraydi.
  • Sof (asos) holdagi alkaloidlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Ularning kislotalar bilan hosil qilgan birikmalari - alkaloidlarning tuzlari esa suvda yaxshi eriydi, ammo organik erituvchilarda erimaydi. Asos hamda tuz holidagi alkaloidlar spirtda bir xilda yaxshi eriydi. Shu bilan birga suvda va organik erituvchilarda bir xilda yaxshi eriydigan sof alkaloidlar
    Yüklə 22,26 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin