5. Yassi bargli senetsio ildizpoyasi, ildizi va yer ustki qismi (Senecio platyphylloides Somn.); Romb bargli senetsio ildizpoyasi va ildizi (Senecio rhombilolius Willd.) – tarkibidagi platifillin alkaloidi qorin va ichaklar spazmida, jigar sanchig'i, xoletsistit, bosh miya tomirlari spazmi, bronxial astmada ishlatiladi.

6. Itsigag yer ustki qismi (Bargsiz itsigak - Anabasis aphylla L.) anabazin alkaloidi o'zining farmakologik ta’siriga ko'ra nikotin, sitizin, lobelinga yaqin. Uning gidroxlorid tuzi kichik miqdorda tamaki chekishni tashlash uchun qollaniladi. Anabazin unumi - metilanabazin nafas olish markazini qo‘zg‘atuvchi stimulyator vosita sifatida tavsiya etiladi. Anabazindan nikotin kislotasi (vitamin PP) olinadi. Anabazin sulfat qishloq xo'jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi purkaladi.
7. Uyatchan mimioza bargi (Uyatchan mimioza – Mimosa pudica L. quritilmagan bargidan anginol nastoykasi – tomirlarni kengaytiruvchi vosita olinadi.
8. Afsonak (termopsis) yer ustki qismi va urug‘I (Nashtarsimoi (lantsetsimon) afsonak (termopsis) - Thermopsislanceolata R.; Ketma-ket gulli afsonak (termopsis) – Thermopsis allemiflora Rgl. et Schriialch., Turkiston afsonagi (termopsisi) - Thermopsis tuskestanica Gand; dukkakdoshlar Fabaceae oilasiga kiradi) –
Afsonak turlarining preparatlari balg‘am ko'chiruvchi, sitizin alkaloidi esa nafas markazini qo‘zg‘atuvchi va qon bosimni kotaruvchi dori sifatida ishlatiladi. Afsonak chet eldan keltiriladigan, balg'am ko'chiruvchi ta’sirga ega bolgan