Osteoporoz — suyak to’qimalarining metabolik kasalligi bo’lib, suyak mikroarxitektonikasining buzilishi va ularning zichligi pasayishi bilan ifodalanadigan skeletning tizimli progressiv kasalligi hisoblanadi, bu suyakning sinuvchan bo’lib qolishiga olib keladi. Kasallik rivojlanishining sababi chekish, spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish, metabolik kasalliklar, oshqozon-ichak kasalliklari va boshqa omillarning uzoq muddatli ta’siri bo’lishi mumkin. Qariyalarda osteoporoz kaltsiy va ba’zi oziqa moddalarining yomon hazm bo’lishi tufayli rivojlanadi.
Osteoporozning eng keng tarqalgan sababi gormonal yetishmovchilikdir. Ayollarda osteoporoz odatda klimaks davrida qayd etiladi. Bu holatda kasallik tanada kaltsiy yetishmovchiligi tufayli emas (kaltsiy yetarli darajada bo’ladi), balki suyak hosil qiluvchi hujayralarning faoliyati buzilganligi tufayli rivojlanadi. Bu hodisalar esa gormonal muvozanatning buzilganligi tufayli yuzaga keladi, shuning uchun bunday holatda ayollar ginekologga murojaat qilishlari kerak va agar kerak bo’lsa, gormonal terapiya olishadi.
Yosh o’tgan sari suyaklarning mo’rtlashishi tabiiy fiziologik hodisadir. Biroq, ba’zi kishilarda bu jarayonlar jadal sur’atda yuz beradi. Bunga ayrim omillar sababchi bo’lishi mumkin, ulardan: