(sitizin, metilsitizin, kofein va boshqalar) hamda suvda yomon eriydigan alkaloid tuzlari (xinin sulfat) ham uchraydi.
O'simlik tarkibidagi alkaloidlarga tashqi muhit omillarining
ta’siri.
O'simlikdagi alkaloid miqdori va tarkibiy qismi doimo dinamik o‘zgarishda boladi. Bu o'zgarish o'simliklarning o'sadigan yeri va sharoitiga bogliq. Odatda alkaloidlar o'simliklar gullashi oldida yoki gullash davrida ularning yer ustki qismida ko'p to'planadi.
O'simliklar gullab bo'lgandan so'ng alkaloidlar ularning (agar ko'p yillik o't o'simlik bolsa) yer ostki organlarida (ayniqsa piyozboshida) va qisman mevasida, bir yillik o‘t о‘simliklarning esa mevasida yig'iladi. Ba’zan alkaloidlar o'simlik endi ko'karib chiqayotganida ularning yer ustki qismida ko'p to'planishi mumkin.
O'simlikning turli qismlari tarkibida alkaloidlar nafaqat miqdor bilan, balki sifat jihatdan ham farq qiladi.
Masalan lansetsimon bargli termopsis o'tida termopsin, urug'ida esa sitizin alkaloidi bo'ladi. Alkaloidlarni shakllanishi va miqdoriga ularning o'sish fazasi ham ta’sir etadi. O'simlikning yer ustki qismida alkaloidlarning eng ko'p miqdori gullash-mevalash fazasida, yer ostki organlarida esa - yer usti massasini qurish fazasida kuzatiladi.
Alkaloidlarning to'planishiga tashqi muhit omillari - harorat, namlik, tuproq, yoruglik, dengiz sathidan balandlik, kun uzunligi ta’sir etadi.
Harorat:
o'simliklardagi alkaloidlar miqdori o'simlik o'sayotgan joy harorati ko’tarilishi bilan ortib boradi. Haroratni 0C dan tushib ketishi, masalan bangidevona tarkibidagi alkaloidlarni ham miqdori ham sifatiga salbiy ta’sir etadi.
Namlik:
yomg'irli, namgarchilik ko'p yillari alkaloidlar miqdori quruq ob-havo yillardagi sharoitdan ko'ra kamroq boladi. Tuproq: tuproq ishqoriy ligining ortishi bilan o'simliklar tarkibidagi alkaloidlarning miqdori ortadi. Tuproqqa azotli o'g'itlarning kiritilishi ham alkaloidlar miqdoriga ijobiy ta’sir etadi. Kun uzunligi:qisqa kun sharoitida o'simlikdagi alkaloidlar miqdori uzun kundagiga nisbatan doimo ko'p boladi.
Dengiz sathidan balandligi: dengiz sathidan ko'tarilgan sari, masalan skopoliya o'simligi tarkibidagi alkaloidlar miqdori ortib boradi.
Alkaloidlarning tibbiyotda ishlatilishi.
Alkaloidlar tibbiyotda ishlatiladigan dorivor moddalar ichida eng qimmatlisi hisoblanadi. Ular ko'pincha spetsifik (malum kasallikka nisbatan) va boshqa dorilar bilan almashtirib bolmaydigan ta’sirga ega bolganligi uchun turli kasalliklami davolashda keng miqyosda ishlatiladi.
Dorixona va zavodlarda alkaloidli mahsulotlardan har hil dori turlari (damlama, qaynatma, nastoyka, ekstraktlar,) tayyorlanadi hamda sof holdagi alkaloidlar va ularning tuzlari ajratib olinadi.
hollarda, tuqqandan keyin qon ketishni to’xtatish uchun).
3. Qizilcha yer ustki qismi (Tog‘ qizilchasi – Ephedra equisetina Bge.; Choi qizilchasi - Ephedra intermedia Schrenk.) - efedrin kishi organizmiga adrenalinga o'xshash ta’sir qiladi (simpatik nervlarni qo‘zg‘atadi, qorin bo‘shlig‘i va yurak qon tomirdami nihoyatda toraytiradi).
U adrenalindan asosan kam zaharliligi, sekin, lekin uzoq ta’sir qilishi bilan farq qiladi.
Efedrin og‘ir operatsiya yoki travmadan so'ng ko‘p qon yo'qotilishi natijasida
yuz bergan kollaps holatida, qon bosimi pasayganda (gipotoniya), miasteniya,